07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Anonslar
27 May  2019 2688

Toshkentda agrosanoat majmuasi ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi

2019-yil 12-14-iyun kunlari Toshkent shahrida «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazma kompaniyasi hududida «Uzbekistan Agrotech Expo 2019» agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning XIV xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalari «Uzbekistan Agromash Expo 2019» VIII xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash-o‘rash materiallari, non va makaron mahsulotlari, chorvachilik va parrandachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish, shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari, veterinariya vositalari, purkagichlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi va boshqa butlovchi qismlar namoyish etiladi.

Batafsilroq ma’lumotlarni milliy ko‘rgazma kompaniyasining www.uzexpocentre.uz veb-saytidan, shuningdek, telefon orqali (+998 71) 238-56-00, 238-56-26 va 238-56-36 olish mumkin.

О‘xshash anonslar

16-18-aprel kunlari jahonga mashhur FACEIT platformasida FIFA i Counter Strike:GO bo‘yicha kibersportga oid onlayn musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

AQShning Ilm-fanni rivojlantirish assotsiatsiyasi (The American Association for the Advancement of Science) hamda Shvetsiya Milliy markazi (SciLifeLab) molekulyar biologiya va bio-tibbiyot yo‘nalishida tadqiqot olib borayot…

Erasmus Rotterdam universiteti talabalarga bakalavr va magistratura dasturlariga stipendiyalar taklif etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech