09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,4 °C

Anonslar
12 Noyabr  2019 4957

Sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi

Tadbir joriy yilning 18-19-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” ning 1-4 pavilonlarida bo‘lib o‘tadi. Sanoatchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan yarmarkada O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, mahalliy korxonalarning imkoniyatlari va istiqbolli loyihalari namoyish etiladi.

 

Ko‘rgazmada bugungi kunda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari va xillari, import o‘rnini bosish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar namoyish etiladi. Shuningdek, korxonalarning talab va ehtiyojlari muhokama qilinadi. Shunday qilib, sanoatning qaysi yo‘nalishlarini boshqalardan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqish kerakligini va qaysi mahsulotlar talabga ega ekanligini aniqlash mumkin bo‘ladi.

Yarmarkada mavjud mahsulotlar bo‘yicha tarqatma materiallar, shuningdek, respublika hududlarining ishlab chiqarish salohiyati to‘g‘risidagi kataloglar taqdim etiladi.

О‘xshash anonslar

Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion yechimlar onlayn tanlov oʻtkaziladi.

16-18-aprel kunlari jahonga mashhur FACEIT platformasida FIFA i Counter Strike:GO bo‘yicha kibersportga oid onlayn musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

AQShning Ilm-fanni rivojlantirish assotsiatsiyasi (The American Association for the Advancement of Science) hamda Shvetsiya Milliy markazi (SciLifeLab) molekulyar biologiya va bio-tibbiyot yo‘nalishida tadqiqot olib borayot…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech