23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Anonslar
11 Iyul  2019 2089

2019-yilning 1-3-avgust kunlari Geoturistik forumi o‘tkaziladi

Forum ishtirokchilari diqqat markazida Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi ob'ektlarini vizual o‘rganish turadi. 1979-yilda asos solingan Kitob qo‘riqxonasi O‘zbekistonning tabiat muhofazasidagi noyob zonalaridan biri sanaladi.

Birinchi xalqaro tadqiqotlarda taqdim etilgan ilmiy ma'lumotlarni o‘rganish natijasida Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi dunyodagi yagona Ems yarusi quyi standarti, dunyo okeanidan yerda paydo bo‘lgan ilk yodgorliklardan biri ekanligi ma'lum bo‘ldi. Olimlar tomonidan suvdan quruqlikka chiqish joyi sifatida ilmiy jihatdan tasdiqlangan Mazkur faktlarni hisobga olgan holda Forum tashkilotchilari tomonidan yangi turistik brendni targ‘ib qilish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqarish taklif etilgan: “Hayot boshlanishi. O‘zbekiston”.

Forum doirasida ishtirokchilarni Shahrisabz bo‘ylab ajoyib safar, shaharning asosiy diqqatga sazovor joylariga sayohat kutmoqda. Ikkinchi kuni Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasiga sayohat, Kitob qo‘riqxonasidan 3 km. masofada Zinzilbanda joylashgan Ems yarusiga ekskursiya qilinadi. Ekologiya davlat qo‘mitasi mutaxassislarining ilmiy taqdimotlari bo‘lib o‘tadigan ilmiy-tadqiqot anjumanlari tashkil etiladi. Forum doirasida shuningdek, Kitob kenglik stansiyasiga ham tashrif buyurish rejalashtirilgan.

О‘xshash anonslar

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Sanofi kompaniyasi ko‘magida «Qalbakilashtirilgan va kontrafakt dori-darmon…

30-31-may kunlari Xalqaro biznes-markazida tadbirkorlik bo‘yicha xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘z muvaffaqiyati sirlarini baham ko‘rishga tayyor xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.

Tashkilotchilarning aytishicha, unda «Bolalik bo‘lsin!» shou-dasturini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech