09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Anonslar
23 Oktyabr  2019 2245

29-31-oktabr kunlari “InnoWeek.uz” Innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi 29-31 oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz» Milliy ko'rgazma majmuasida “InnoWeek.uz” Innovatsion g‘oyalar haftasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

 

Ushbu tadbir mahalliy va xorijiy tadqiqot va innovatsion markazlar, investitsiya jamg‘armalari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlar vakillari ishtirok etadigan noyob platforma bo‘lishni va'da qiladi.

Shu bilan birga, innovatsion haftalik mahalliy tadbirkorlar va potensial investorlar uchun yangi innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ishonchli sheriklarni topish uchun ajoyib imkoniyatdir.
“InnoWeek.uz” haftaligi doirasida Innovatsiya xalqaro yarmarkasi, Xalqaro innovatsiya va investitsion forumi va Robototexnika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ishbilarmon doiralari, olimlar va kompaniyalar vakillari ishtirok etadi.

О‘xshash anonslar

Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion yechimlar onlayn tanlov oʻtkaziladi.

16-18-aprel kunlari jahonga mashhur FACEIT platformasida FIFA i Counter Strike:GO bo‘yicha kibersportga oid onlayn musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

AQShning Ilm-fanni rivojlantirish assotsiatsiyasi (The American Association for the Advancement of Science) hamda Shvetsiya Milliy markazi (SciLifeLab) molekulyar biologiya va bio-tibbiyot yo‘nalishida tadqiqot olib borayot…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech