07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Anonslar
17 Fevral  2020 2058

2020 yil 25-26 fevral kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Belarusiya agrar forumi bo‘lib o‘tadi

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar, loyixa va tadqiqot institutlari, chakana savdo, asbob-uskunalar va texnologiyalarni yetkazib beruvchi tashkilot va investorlar o‘rtasida fikr va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.

Forumda 700 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan Belarussiya delegasiyasining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etadi. Ishtirokchilar ro‘yxati bilan quyidagi ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Forumning asosiy mavzusi sifatida turli o‘simliklar yetishtirish, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va ularni eksport qilish, Belorusiya va O‘zbekiston korxonalari faoliyati seksialar o‘tkaziladi.

Shuningdek, tadbir davomida mutasaddi doira vakillarining ma'ruzalari asosida O‘zbekiston va Belorusiya biznesi vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish va ishtirokchi kompaniyalarning mahsulotlarinining degustasiyalari ham rejalashtirilgan. Forum dasturini yuklab olish.

Qiziquvchilarni Belorusiya kompaniyalari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda qatnashishga taklif qilamiz. Telefon yoki elektron pochta orqali ro‘yxatdan o‘tish: +998 97 757-35-75, bekmax@inbox.ru, mas'ul shaxs Oybek Mahmudov.

Eslatib o‘tamiz, forumda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati: 20 fevral

О‘xshash anonslar

16-18-aprel kunlari jahonga mashhur FACEIT platformasida FIFA i Counter Strike:GO bo‘yicha kibersportga oid onlayn musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

AQShning Ilm-fanni rivojlantirish assotsiatsiyasi (The American Association for the Advancement of Science) hamda Shvetsiya Milliy markazi (SciLifeLab) molekulyar biologiya va bio-tibbiyot yo‘nalishida tadqiqot olib borayot…

Erasmus Rotterdam universiteti talabalarga bakalavr va magistratura dasturlariga stipendiyalar taklif etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech