07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Anonslar
27 May  2019 3247

1-iyunda «Humo arena»da bayram dasturi bo‘lib o‘tadi

Tashkilotchilarning aytishicha, unda «Bolalik bo‘lsin!» shou-dasturini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolajonlar va ularning ota-onalarini 17:30 dan 21:30 ga qadar majmua hududida «Marvell» va «Disney» kinostudiyalari qahramonlari kutib oladi, jajjilar ular bilan nafaqat miriqib o‘ynashi, balki maxsus mo‘ljallangan fotohududda suratga tushishlari ham mumkin. Bundan tashqari, kichik tomoshabinlarni cho‘poyoqlarda yuruvchilar va masxarabozlarning chiqishlari kutmoqda.

Bayramning yoshi katta mehmonlari ham zerikib qolishmaydi. Ular uchun sharlardan shakllar yasash, bolalar bilan chizish va yaratishga o‘rgatadigan interfaol mahorat-saboqlar ham taqdim etiladi.

Majmua hududida batut, tezlikni sevuvchi kichkintoylar uchun avtomobilchalar va velosipedlar ishlaydi.

Ajoyib musiqali va raqsli transformerlar shousi bayramni yakunlab beradi.

Tadbir tashkilotchisi «Humo arena» muz majmuasi ma'muriyati.

Bayram dasturiga kirish bepul.

О‘xshash anonslar

16-18-aprel kunlari jahonga mashhur FACEIT platformasida FIFA i Counter Strike:GO bo‘yicha kibersportga oid onlayn musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

AQShning Ilm-fanni rivojlantirish assotsiatsiyasi (The American Association for the Advancement of Science) hamda Shvetsiya Milliy markazi (SciLifeLab) molekulyar biologiya va bio-tibbiyot yo‘nalishida tadqiqot olib borayot…

Erasmus Rotterdam universiteti talabalarga bakalavr va magistratura dasturlariga stipendiyalar taklif etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech