14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,6 °C

22 May  2019 1629

Aylanishda tezlikni oshirish

Yengil atletikachilar kelgusi yili Tokio (Yaponiya) olimpiyadasida ishtirok etish huquqini beruvchi reyting ochkolari uchun kurashlarga kirishib ketishdi. Xo‘sh, yengil atletikachilarimizdan qaysilari malakaviy me'yorlarni bajarishi mumkin? O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi, ushbu sport turi bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi rahbari Andrey Abduvaliyev bilan suhbatimiz ana shu savoldan boshlandi.

– Milliy terma jamoa tarkibi aniqlandi, - deydi Andrey Hakimovich. – Ro‘yxatda – kunchiqar yurtga borishga nomzodlar - o‘n bitta sportchi.

Lekin 2016-yili Rio-de-Janeyro (Braziliya)da o‘tkazilgan olimpiadada 18 nafar o‘zbekistonlik sportchi bo‘lganini eslayman. Yoki biror hadik bormi?

– Eslatib o‘taman, sportchilarning ko‘pchiligi masofadan chiqib ketib, musobaqalarni yakunlay olmadilar. Nima qila olishlari mumkinligini ham ko‘rsata olishmadi. Eng yaxshi natija – balandlikka sakrash sektorida Svetlana Radzivilniki bo‘ldi – yettinchi o‘rin, va o‘sha natijasni allaqachon avvalgi London-2012 (Buyuk Britaniya) Butunjahon forumida ham namoyish ko‘rsatilgandi.

Nima uchun shunday bo‘ldi?

– Masalaga chuqur kirishni istamagan bo‘lardim negaki, meni bir yil oldingina federatsiya rahbari etib saylashgan. O‘tgan ishni tanqid qilish munosib emas. Lekin menga yaxshi meros qoldi, deb ham ayta olmayman. Bundan tashqari, avlodlar almashinuvi davrida tiklanish juda qiyin kechadi. Tashkiliy jihatdan sportimizning bu turi taxminan uch yil davomida turg‘unlik holatida bo‘lgan. Murabbiylar har kim o‘z bilganicha ishlagan, sportchilar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Bironta yangi nom yo‘q. Faqat faxriylar qolgan. Masalan, Svetlana Radzivil, 2002-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. O‘shanda u Moskvada yoshlar o‘yinlarining kumush medali sovrindori bo‘lgandi. Ko‘p narsalarni tuzatish, qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ldi.

Bir necha yil davomida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi bo‘lgansiz. Nafaqat murabbiylik yo‘lida katta tajriba to‘plangan. Ana shu qisqa vaqt ichida nimalarni amalga oshira oldingiz?

– Sportda erishilgan yuqori yutuqlar haqida gapirsak, quyidagilarni keltirgan bo‘lardim. O‘tgan yili avgust oyida Jakarta (Indoneziya)da bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida yengil atletikachilarimiz to‘rtta medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, aprel oyida Doha (Qatar)da o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ularning soni beshta bo‘ldi. Kichik bo‘lsa-da, go‘yoki o‘sish bordek. Ammo Osiyo o‘yinlarida faqat bitta «oltin» bo‘lsa, qit’a birinchiligida ular soni uchta bo‘ldi. Nadiya Dusanova (balandlikka sakrash), Ekaterina Voronina (ko‘pkurash) va Rustam Qurbonov (uch hatlab sakrash)lar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Ko‘rib turganingizdek, sovrinlar o‘ta muhim bo‘ldi. Terma jamoamiz umumiy hisobda qirqdan ortiq Osiyo jamoalari orasida beshinchi o‘rinni egallashiga imkon bergan juda muhim ko‘rsatkich.

Hamyurtlarimiz uzoq vaqt davomida bunday natijaga erishishmagandi. Vatandoshlarimiz orasida Qurbonov birinchi marta uch hatlab sakrashda g‘olib bo‘ldi va Voronina yettikurashda 6196 ball to‘plab, dunyo reytingida (!) yetakchiga aylandi. AQSh, Hindiston va xitoylik asosiy raqobatchilarini mos ravishda 100, 200 va 300 ball ortda qoldirmoqda. Zamonaviy ko‘pkurashda zalvorli tenglashish yuzaga keldi. Shu bilan birga Osiyo chempionati bronza medalini qo‘lga kiritgan bosqon uloqtiruvchi Suhrob Xo‘jayev va Svetlana Radzivillarga alohida umid bog‘layapmiz. Ular Olimpiya me’yorlarini bajarishga juda yaqin. Va talablar ham sezilarli darajada oshgan: yengil atletikaning ko‘plab turlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etish talab etiladi.

Terma jamoa yetakchilarini ehtimol, bekorga sanab o‘tmadingiz. Bunda butun e’tibor Tokiodagi chiqishlar sifatiga qaratiladi. Demak, ular orasidan olimpiyada chempionlari ham chiqishi mumkin?

– Bu yilgi Olimpiya o‘yinlarida aynan shuni maqsad qilganmiz. Ishonchim komil, iqtidorli yigit-qizlarimizdan birortasi g‘oliblikni qo‘lga kirita oladi. Terma jamoa asosiy tarkibidagi joy uchun raqobat sezilarli kuchaygan. Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internatlari murabbiylari ham yoshlar bilan samarali ishlamoqda. Gimnastika va tennis federatsiyalari misolida ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz.

Jahonda tan olingan kuchli sportchilar bilan munosib raqobatlasha oladigan xalqaro toifadagi sport ustalarini tarbiyalash uchun shart-sharoitlar bormi? Masalan, 2017-yil oxirida foydalanishga topshirilgan «Paxtakor» stadionidagi yengil atletika majmuasi amalda... egasiz bo‘lib chiqdi. Hech kim Markaziy Osiyodagi bu noyob arenani o‘z balansiga olishga jur'at etmadi - zamonaviy kompleksni saqlab turish qimmatga tushadi.

– Bu muammo hal qilindi. Endi bu markaz bizning federatsiyamizga tegishli. Barcha zaruriy hujjatlar allaqachon rasmiylashtirilgan.

Homiylar topildimi?

– Ularga umid qilayotganimiz yo‘q. O‘z-o‘zini moliyalashtirish bilan shug‘ullanamiz. Davlat tomonidan taqdim etilgan va mintaqada muqobili bo‘lmagan bazani to‘g‘ri tasarruf etish kerak. Bizda nafaqat ajoyib sport markazi (yugurish yo‘lakchalari, sakrash sektorlari, uloqtirish va boshqalar), balki turli darajadagi, jumladan, xalqaro musobaqalarni ham tashkil etish imkoniyati mavjud. Uning o‘z mehmonxonasi, oziq-ovqat va ovqatlanish bloki, tiklanish markazi, fitness zali bor. Agar Toshkentda yiliga qariyb 300 kun quyoshli bo‘lishini hisobga olsak, chet ellik ijaraga oluvchilardan hyech qanday kamchilik bo‘lmaydi. O‘z shogirdlarini poytaxtda birinchi marta tashkil etilgan xalqaro yarim marafonga olib kelgan Qozog‘iston, Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Janubiy Koreya terma jamoalari murabbiylari markazimizga qiziqish bildirmoqda. Imkoniyatlarimizni ko‘rib, Toshkentda muntazam ravishda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, qo‘shma musobaqalar o‘tkazish niyat qilishyapti. Majmuadan samarali foydalanishga Osiyo federatsiyasi ham ko‘mak bermoqchi. Sport tashkiloti rahbari janob Doxlan ana shu bazada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Eron vakillaridan iborat Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi shtab-kvartirasini ochish g‘oyasini ma'qulladi. Shunday qilib, O‘zbekiston Osiyodagi yengil atletika tayanch nuqatalaridan biri maqomini oladi. Va bu yana nafaqat qit'a federatsiyasi, balki xalqaro (IAAF) tomonidan moliyaviy tushumlar, shuningdek, kattagina valyuta mablag‘lari turadigan zarur uskunalar jumladan, kompyuter va turli sport jihozlarini yetkazib berish ekanini ham ta'kidlamoqchiman. Endi bu yerda xorijiy terma jamoalarga tegishli xizmat turlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish lozim. Shuningdek, Olimpiya tayyorgarligi markazlariga aylangan Toshkent viloyati o‘rtatog‘ hududlaridagi «Yangiobod» va «Shirin buloq» kabi respublika o‘quv-mashg‘ulot bazalaridan to‘la qonli foydalanish talab etiladi.

Shu yo‘l bilan ularning qaramoqda bo‘lish kayfiyatiga barham beriladi.

Yuqorida xalqaro Toshkent yarim marafoni haqida gapirgansiz. Deyarli bir necha o‘n yillar davomida bizda bunday keng ko‘lamli yengil atletika musobaqalari o‘tkazilmadi. Xorijiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, start logistikasi, poygani tashkil etish va infratuzilmaviy tarkib bo‘yicha bu juda qulay bo‘lgan. Ma'lumki, istalgan ulkan shaharda ham marafon o‘tkazilavermaydi. Musobaqaning ommaviyligi ham taassurot qoldirdi. Turli masofalar uchun poygalarda yoshi kattalar ham, yoshlar ham ishtirok etishdi. Xullas, debyut muvaffaqiyatli bo‘ldi. Keyin-chi? Toshkent yugurish festivalini qanday tasavvur qilasiz?

– Shuni ta’kidlashni istardimki, o‘tkazgan musobaqamiz IAAF reestriga rasman kiritilgan. Bunday xalqaro e’tirof juda qimmatli. Yuqori marra zabt etildi va endi pastga tushish mumkin emas. Federatsiyamiz hozircha «Buyuk ipak yo‘li» shartli nomi ostida qator ana shu kabi musobaqalarni o‘tkazish ustida ishlamoqda. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi ko‘magida mashhur sayyohlik markazlari - Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida ham musobaqalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Loyiha jahon yengil atletika hamjamiyati tomonidan e'tirof etildi. G‘oyani amalga oshirish, albatta, sog‘lom turmush tarzi va boshqa atletika turlarini ommalashtirishga yordam beradi. Albatta, musobaqalar sabab Vatanimizning sayyohlik nufuzi ham oshadi.

Bugun O‘zbekistonda «sport malikasi» bilan 250 ta sport arenalardagi 7 mingta seksiya va klublarda 180 mingdan ziyod kishi muntazam shug‘ullanmoqda. Ishonchim komil, bu miqdor hali bir necha martaga oshadi…

P/S. Aprel oyida Doha (Qatar)da bo‘lib o‘tgan qit’a chempionati doirasida Osiyo atletika federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tdi. Andrey Abduvaliyev ushbu jamoatchilik sport tashkilotning vitse-prezidenti etib saylandi, O‘zbekiston Federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zamuhammedov esa YeAOF texnik qo‘mitasi a'zosiga aylandi. Bu ham o‘zbek yengil atletika maktabining nufuzi ortib borayotganidan dalolat.

Gazetamizning navbatdagi soni sahifalanayotganda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro marafonda o‘zbekistonlik Shohruh Davlatov va Andrey Petrovlarning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallaganini eshitdik. Shuningdek, yarim marafonda Nurxon Muhiddinov va Tamila Qo‘chqorovalar ham xuddi shunday o‘rinlarni egallashgan. Agar Petrov milliy yengil atletikamiz faxriylaridan bo‘lsa, tarkibning qolgan qismi yurtimizning yosh iste'dodlaridan tashkil topgan. Mutaxassislarning fikricha, ular Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, ko‘ngilli kutilmagan sovg‘a qilishlari ham mumkin.  Yoki Andrey Abduvaliyevning bashoratlari amalga oshyaptimi?

 Ma’lumot. Andrey Abduvaliyev - turli federatsiyalar rahbarlari ichida kam sonli amaldagi sportchilardan biri bo‘lgan. Qator unvonlarga ega. Asosiy yutuqlari - jahon va 1992-yilda Barselonada (Ispaniya) o‘tkazilgan olimpiada chempioni. Bosqon uloqtirish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan. 2004 yilda Afina (Gretsiya) olimpiadasi chempioni shogirdi yaponiyalik Koji Murafushi ustozini ham ortda qoldirdi. Koji endi Olimpiada-2020 ning sport direktori ekanini ta’kidlaymiz. Abduvaliyev uch yarim yil Xitoyda ishlagan. Andrey Hakimovichning xitoylik shogirdlari endi bosqon uloqtirish bo‘yicha qit’a reytingini boshqarmoqda.

Temur Nizayev.

«Pravda Vostoka» sharhlovchisi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech