31 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,3 °C

Fan
6 Fevral  2020 6430

Maqsadlar qo‘yildi, va biz, ularga erishamiz!

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida turli vazirlik va idoralar oldiga keng ko‘lamli vazifalar qo‘yildi. Shuningdek, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini xomashyo bilan ta'minlashda o‘rni alohida ekani ta’kidlangan qidiruvchi geologlarga ham. «Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti» (NGKGQI) AJ bosh direktori, geologiya-mineralogiya fanlari doktori G‘aybulla Abdullaev «PV» muxbiriga soha ilmiy xodimlari tomonidan ishlash fursat kelganini anglash va o‘z vazifalarini bajarishdagi maqsadga intiluvchanligi haqida so‘zlab berdi:

Timur Kaysarov surati.

- Prezidentimizning oldimizga qo‘ygan muhim vazifalari ahamiyatini institutimiz xodimlari yaxshi anglaydi va o‘z faoliyati mobaynida ularga asoslanadi. Shundan kelib chiqqan holda biz yillik, o‘rta va uzoq muddatli geologiya qidiruv dasturlarini tuzamiz hamda konsepsiyani ishlab chiqamiz. Qidiruvchi geologlar oldiga aniq maqsadlar qo‘yilgani esa davlatimiz rahbarining ilm-fan va uning vakillariga qaratayotgan ulkan e'tiboridan dalolat.

Davlatimiz rahbarining qanchalik uzoqni ko‘ra olishini ishning tub mohiyatiga kirib borishi, soha muammolaridan xabardorligi va ularni hal qilish yo‘llarini izlayotgani ham ko‘rsatadi. Go‘yo buni oldindan ko‘rgandek, u Kaspiy dengizi ostida neft bormi demak, Orol havzasida ham neft bo‘lishi kerak, dedi. Va bugun biz allaqachon ushbu istiqbolli hududda Rossiya kompaniyalari bilan birga ish olib boryapmiz va u yerdan neft qatlamlari joylashganini ko‘rsatuvchi asoslar ham topilgan.

Institut mutaxassislari tomonidan ilgari juda qimmat narxlarda mamlakatga olib kelingan bir qator zamonaviy qurilma va uskunalar, ularning muqobillari yaratildi. Bugun xorijiy uskunalardan kam bo‘lmagan samarali innovatsion uskunalarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlash maqsadida ishlab chiqarish tashkilotlari bilan ish olib bormoqdamiz. Hozirda institut mutaxassislari ana shu texnikalar bilan geologiya qidiruviga yordam berish uchun joylarga chiqishmoqda.

Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ilm-fanning fundamental sohalarini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, ayniqsa, quvonarli. So‘nggi yillarda tezkor natijalar berishi kutiladigan amaliy tavsifga ega sohalarga afzalliklar berilgandi. Lekin amaliyot fundamental ilm-fan qo‘llab-quvvatlovisiz zamonaviy rivojlanishdan ortda qoladi, sayozlashadi. Mamlakatimizda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi 4 ta muassasa – Geologiya va geofizika, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi, Mineral resurslar, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutlari negizida zamonaviy Geologiya fanlari universiteti tashkil etilmoqda. Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili e’lon qilindi. Demak, qariyalar o‘rnini yosh, malakali mutaxassislar egallashini va ular milliy ilm-fanni ilgari surishini tushunamiz.

Iqtisodiyotning qator muhim tarmoqlari, jumladan, kimyo, neft va gaz, energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, zargarlik sanoatini xomashyo bilan ta’minlash uchun, avvalo, geologiya-qidiruv sohasini tubdan rivojlantirish lozim. Shuni hisobga olib, joriy yilda istiqbolli konlarni aniqlash va mavjud zaxiralarni ko‘paytirish uchun byudjetdan 2 trillion so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidan)

Biz bugunda ham soha uchun mutaxassislar tayyorlayapmiz. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari institutda amaliyot o‘tamoqdalar. O‘qish jarayonida bo‘lajak mutaxassisligini yanada chuqurroq o‘rganishlari uchun so‘nggi uch yil davomida talabalarni to‘liq bo‘lmagan, yozgi ta’til davrida esa to‘liq ishga qabul qilyapmiz. Ular eskirgan uskunalarda ishlashmoqda, biroq vaziyat ijobiy tomonga o‘zgaryapti. Yaqin kelajakda institut xodimlari eng so‘nggi va eng zamonaviy qurilmalarga ega bo‘ladi, bu esa xodimlarning foydali ish koeffitsientini ham oshiradi. Bugun vazirlik va idoralar ehtiyojlarimizga quloq tutmoqda, texnik va moddiy jihatdan yordam berishyapti va bu Prezidentimizning ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi va e’tibori natijasidir.

Haqiqiy geolog fizika, kimyo, matematika va hatto, biologiya kabi boshqa sohalarga oid bilimlarga ham ega bo‘lishi kerak va faqat shunday mutaxassisgina ilmiy va amaliy sohalardagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘ladi. Yangi kasbiy universitetining to‘rtta ITI negizida talabalarni o‘qitishi esa, ularning tom ma'nodagi yuqori malakali kadrlar bo‘lishi lozimligini ko‘rsatadi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasini institutning majlislar zalida birgalikda tingladik, olqishladik. Jamoa davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan vazifalarni ulkan zavq-shavq bilan qabul qildi. Eng asosiysi, ularning barchasi ona yurt taraqqiyoti va ravnaqiga qaratilgan, bunday ezgu maqsad hamisha qalblardan javob topadi.

Prezidentning ruhlantiruvchi nutqiga javoban yana bir ijobiy hodisa ro‘y berdi, bir kun oldin ishdan bo‘shamoqchi bo‘lgan ikki mutaxassisimiz bundan keyin ham ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish uchun o‘z arizalarini qaytarib olishdi, bundan tashqari, ilgari neft va gaz kompaniyasiga ishlashga ketgan ekspertlarimizdan biri yana institutga qaytdi. Mamlakatimiz rahbarining Murojaatnomasi ana shunday samara berdi!

Ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan kelib chiqib, geologiya-qidiruv mutaxassislari uchun Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalar mas'uliyatli, qiyinday tuyuladi, lekin eng asosiysi – ularni bajarsa bo‘ladi. Buning uchun ilmiy salohiyatimiz, yosh va bilimli kadrlarimiz, mamlakatimiz rahbari tomonidan bizga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash istagimiz bor.

Aleksandr Zotov
yozib oldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech