24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Bo‘sh vaqtda
22 Iyul  2019 2492

«To umrim poyoniga qadar qadar unutmagayman…»

Toshkent favvoralari hamisha, nafaqat, go‘zal manzaraga ega bo‘lgan, balki odamlarni yoz jaziramasidan qutqaradigan mikroiqlimni ham yaratgan. Eng birinchi favvora Toshkent markazida 1890-yilda - knyaz Nikolay Romanovning uy-saroyida paydo bo‘lgan. U hali ham saroy orqasidagi bog‘da turibdi: xuddi ertaklardagi kabi favvora chetlarida o‘tirgan qurbaqalar suvga tikilganicha o‘tiradilar.

Temur Kaysarov olgan surat

Birinchi yirik favvora esa 1947-yilda Alisher Navoiy nomidagi DAKTda qurilgan. Sakkiz qirrali qora marmar shakl ichida kuchli suv oqimi yarim ochilgan paxta chanog‘idan otiladi.

Toshkent uchun suv har doim muqaddas bo‘lgan, u toza ariqlarda jildirab oqqan, hovlilar o‘rtasida qazilgan uy hovuzlarini to‘ldirgan. Urush yillari shahrimizda yashagan Anna Axmatova yozgandi:

...To umrim poyoniga qadar qadar unutmagayman,

Daraxtlar ostida shodon jildiragan suvning sadosin...

 Ushbu zilol suvlar hamisha poytaxt qiyofasiga mos tushgan. Bugun ularni shahar favvoralari to‘ldirdi – Toshkentda 60 dan ortiq katta, kichiklari esa yuzdan ziyod, fontanlar mavjud. Favvoralarning ko‘pchiligi rangli-musiqali, raqsga tushuvchi, ularni tomosha qilish uchun butun shahardan odamlar oqib keladi. Ba’zilarining o‘ziga xos xususiyati mavjud xuddi Mustaqillik maydonidagi kabi ofis binolari yonidagi mikroiqlim yaratadi. Hamma joyni fontanda cho‘milayotgan yosh bolakaylarning sho‘x-shodon qiyqirig‘i tutib ketadi.  To‘g‘ri, bunday qilmasliklari kerak, hatto, ogohlantiruvchi belgilar ham o‘rnatilgan.

Biroq muammo mavjud: O‘zgidrometning xulosalariga qarang – issiqlik darajasi ko‘tarilib bormoqda. Favvoralarga yaqin joyda yashovchi baxtli kishilar orasida bo‘lishni biz ham istardik. Lekin ba’zi joylarda otilib turishi va atrofni salqinlatishi kerak bo‘lgan favvoralar yo‘q yoki ishlamaydi.

Masalan, Chilonzor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasidagi favvora, shuningdek, Matbuotchilar ko‘chasidagi «Matbuotchilar uyi», Gagarin ko‘chasidagi «Sayohat» mehmonxonasi ro‘parasidagilari va boshqalar ishlamayapti.

Bundan tashqari, bolalarni favvoralardan uzoqlashtirish uchun o‘rniga biror arzirli narsa taklif qilish ham kerak. Ayni paytda shaharda barcha hovuzlar pulli va ular soni ham yetarli emas. Parklardagi ko‘llar plyaji odamlarga to‘lib ketgan, Milliy parkdagi eng katta va eng qulay ko‘l (sobiq Komsomol ko‘li) rekonstruksiya uchun yopilgan va qachon ochilishi ham tushunarsiz.

G‘arb davlatlarining ayrim shaharlarida aholiga g‘ayrioddiy favvoralar taklif etiladi. Suv oqimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri piyodalar hududida yer ostidan otiladi, yaxshigina salqinlab olish mumkin! Bugun mamlakatimiz haqiqiy qurilish maydoniga aylangan. Umid qilamizki, yozgi jazirama muammosi, jumladan, favvoralar yordamida ham hal etiladi.

Konstantin Bashlayev.

«Pravda Vostoka»

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech