23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Fikr
1 Yanvar  2019 5513

Ilgari ishlayotgan ba’zi pensionerlar davlatni aldashga majbur bo‘lardi. Sababi...

Agar mamlakatimizdagi pensionerlarni uch qismga bo‘lsak, quyidagicha manzara hosil bo‘ladi: faol ishlayotganlar, mehnatga layoqatsizlar, va uchinchisi, jamiyatga foyda keltirishni istaydi-yu lekin pensiyasining yarmisini yo‘qotishni xohlamaydiganlar. Ammo bu endi o‘tmishda qoldi.

Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni sabab «mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini to‘laqonli jalb qilish uchun» vaziyat o‘zgardi. Yanvar oyidan barcha pensiyasini to‘liq hajmda oladi.

Ha, pensionerlar ilgari o‘zini ta’minlash va oilaga yordam berish uchun ishlashardi (hozir ham ishlashmoqda). Ammo oldin bu arziydimi-yo‘qmi, deb boshlari qotardi. Ishga kirgach, yo‘lkira va tushlik kabi xarajatlar, oladigan maoshi barcha xarajatlarni qoplaydimi-yo‘qmi, bu oilaga qo‘shimcha daromad olib keladimi, oylikni vaqtida berisharmikan, degan savollar paydo bo‘lardi. Negaki, nafaqat oyliklar,  hatto, pensiyalarni olish ham uch oy va undan ko‘pga cho‘zilib ketardi. Biroq farmon vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan. To‘lovlarni vaqtida va to‘liq amalga oshirishni ta’minlash mas’uliyati Bosh vazir o‘rinbosari zimmasiga yuklatildi.

O‘n minglab pensionerlarda hali ishlash istagi bo‘lgan va bor. Ularning ko‘plari pensiyaga chiqib, sevimli ishi, hamkasblari bilan aloqalardan mahrum bo‘lishgandi, ochig‘ini aytganda, o‘zlarini jamiyatga keraksizday his qilishardi. Shaxsiy xo‘jaligi bilan shug‘ullanish imkoniyati bo‘lsa-ku yaxshi. Ammo bunday imkoniyat bo‘lmasa-chi?

Ularning ayrimlari ertalab nevaralarini bog‘cha yoki maktabga kuzatib kelardi va keyin kun bo‘yi divanga yastangancha televizor qarshisida o‘tirishardi. Bu esa har kuni davom etadi. Birdaniga faol turmush tarzidan chetga chiqish juda qiyin. Insonning mavjudligi mehnat bilan, ishsiz qolsa, ko‘p narsadan: muloqot, sog‘lik, moliyaviy, moddiy va ma’naviy farovonliklardan mahrum bo‘lishardi.

Prezidentimizning farmoni esa hammasini 180 darajaga burib yubordi. Bugun ham ishlab, ham pensiyani to‘liq olish mumkin. Ilgari ayrim pensionerlar ish lavozimiga yaqini yoki qarindoshini rasmiylashtirib, davlatni aldashga majbur bo‘lardi.

Odatda bunday ishlar farroshlik, qorovullik, tozalovchi xodim, elektrik, santexnik, pochtachilik, garderobchilik va hokazolar bo‘lardi. To‘g‘ri, oyligi uncha katta bo‘lmasa-da, to‘rt devor ichida o‘tirishdan ko‘ra ma’qulroq edi. Endi bunday sxema o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Ayrim joylarga yoshidan qat’iy nazar malakali, ko‘p yillik ish stajiga ega ustalar kerak. Axir, aynan ular, kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yosh avlodga o‘z bilim va tajribasini o‘rgatadilar.

Olg‘a intilayotgan davlatga mohir qo‘llar, aqlli boshlar va qaynoq qalblar kerak. Mamlakatimiz rahbarining barcha sohalarda olib borayotgan islohotlari, uning g‘ayrat va shijoati nafaqat pensionerlar uchun, balki yurtimizning qolgan ahli va O‘zbekistonda faoliyat olib borishga taklif etilayotgan xorijlik vatandoshlarimiz uchun ham keng imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda. Ish esa hammaga yetadi.

Erkin Ibragimov.
Mehnat veterani.

Правда Востока №1 (28964)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech