23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,4 °C

Hukumat
25 Dekabr  2019 12545

Ochiq, oshkora, shaffof

Xalqaro tashkilotlar vakillari, delegatsiyalar hamda butun mamlakat uchun muhim tadbirni tashkillashtirish jarayonini monitoring qilish va kuzatish uchun tashrif buyurgan delegatsiyalar 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va tashkil etilishi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda. Undagi ishtirok saylovchilar umumiy sonining 67,8 foizini tashkil etdi.

RF MSK raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev:

- O‘zbekiston va Rossiya Markaziy saylov komissiyalari o‘rtasida iliq va ishonchli munosabatlar yuzaga kelgan. Saylov uchastkalarida bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashiga saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdik. Hamkasblarimizdan, masalan, ochiqlikni o‘rganish mumkin. Joriy yilda O‘zbekiston saylovlarni yangi Saylov kodeksi asosida o‘tkazmoqda.

Qayd etamiz, O‘zbekiston MSK tomonidan aholi o‘rtasida bo‘lajak saylovlar haqida ko‘plab axborot ishlari olib borildi, bundan tashqari, joriy yilda saylovchilarning Yagona elektron ro‘yxati joriy etildi. Shunday qilib, tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, ikki yoki hatto uch marta ovoz berishga yo‘l qo‘ymaslik uchun asos yaratildi.

Ayniqsa, saylov komissiyalari a’zolarining o‘z vazifasiga munosabatini qayd etishni istardim. Ana shu mutaxassislar orasida ko‘plab o‘qituvchilar ham bor edi. Ilgari o‘zim ham o‘qituvchi bo‘lganman va bu kasb vakillari vijdonli bo‘lishini, shu bois ularni saylov komissiyalariga kiritish ayniqsa, sharafli ekanini ta’kidlamoqchiman. Saylov uchastkalarida saylov qonunchiligi me’yorlariga qat’iy rioya etilishi, shuningdek, ochiq saylov o‘tkazish uchun zarur barcha narsalar mavjudligi qayd etildi. Ular orasida nomzodlarning ikki - o‘zbek va rus tillaridagi tarjimai holi va partiyalarning dasturlari yozilgan plakatlarni ko‘rdik.

Har bir mamlakatning o‘ziga xos an’analari, muayyan hayot tarzi bor. Joriy saylovlar nafaqat milliy tajriba, balki xalqaro standartlarni ham hisobga olgan holda tashkil etildi.

Yelena Arlanova
yozib oldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech