17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,4 °C

Kеyingi avlod
6 Sentyabr  2019 3775

Birinchi sinf o‘quvchisiga ta’lim jarayoniga moslashishda qanday yordam berish mumkin?

4-sentyabr kuni maktablar ko‘plab bolalarga birinchi marta o‘z eshiklarini ochadi. Birinchi sinf bolakay va uning ota-onasi uchun ham yaxshigina stressdir. Xo‘sh, uning maktabga ko‘nikishiga qanday yordam berish mumkin? Bu haqda o‘qituvchi-psixolog Shahnoza SABDAROVAdan ma’lumot oldik.

– Maktab ostonasiga ilk marta qadam qo‘yayotgan bolalar stressni boshdan kechiradi. Ularning hayoti tubdan o‘zgardi, muayyan talablar paydo bo‘ldi, endi mas’uliyatli bo‘lishni o‘rganishlari kerak. Birinchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari turli qo‘rquvlardan qiynalishi ham hayron qolarli emas. Quyida eng keng tarqalgan qo‘rquvlarni ko‘rib chiqamiz va ular bilan qanday kurashish lozimligini tushuntirib berishga harakat qilamiz.

Birinchi qo‘rquv: bola maktabga borishni istamayapti

– Aslida yetti yoshli bola allaqachon o‘qituvchi tomonidan beriladigan hajmdagi materialni qabul qilishi va o‘zlashtirishi kerak. Ammo ba’zida bolakayning tayyorligi va maktab muhiti o‘rtasida jarlik paydo bo‘ladi va keyin muammolar boshlanadi. U butun dars davomida jim o‘tira olmaydi, tipirchilayveradi, chalg‘iydi. Bunda bolaga psixologik yordam berish talab etiladi, shuningdek, mutaxassis xotirani yaxshilaydigan va intellektual faoliyatni rag‘batlantiradigan nootropik preparatlarni tavsiya etishi mumkin. Umuman olganda, bolaning maktabga moslashishiga to‘rtdan olti haftagacha vaqt ketadi.

Ikkinchi qo‘rquv: ikki yoki uch baho uchun bolani urishish kerakmi?

– Bunda asosiysi, ota-onalarning farzandining o‘zlashtirishdagi muammolarga munosabat bildirishidir. Bolaga dalda berish va rag‘batlantirish odat bo‘lgan oilalar bor. Bunday ota-onalar garchi farzandi boshqa tengdoshlaridan yomonroq o‘qiyotgan bo‘lsa-da, begonalarga: «U hamma narsani juda tez o‘rganadi, juda aqlli!», deydi. Xullas, bola bu so‘zlarni eshitib, o‘zlashtirishga ko‘proq harakat qila boshlaydi.

Boshqa oilalarda afsuski, ota-onalar buning uchun bolaga dakki beradi: «Shuniyam eplolmaysan-a?!», «Kallang umuman ishlamaydi!» kabi jumlalarni ishlatadi. Natijada, bola o‘zini hamma narsaga qoloq va no‘noq hisoblay boshlaydi.

Maktabdan qaytgan bolangizni qanday baholar olganini so‘rash bilan kutib olmagan. Yaxshisi, unga: «Maktabda charchamadingmi?», «Bugun qanaqa dars o‘tdinglar?», «Maktabingda nimalarni o‘rgatishdi?», degan savollar bering. Bola o‘ziga va o‘qishiga befarq emasligingizni his qilsa, darrov nimalarni o‘rgatishgani, kun qanday o‘tgani, qanaqa baholar olganini, nima xursand yoki xafa qilganigacha so‘zlab beradi.

Uchinchi qo‘rquv: bola birinchi partada o‘tirishi kerakmi?

– O‘qituvchi odatda diqqat-e’tibor talab qiladigan juda faol, tinib-tinchimas shuningdek, ko‘rish qobiliyati pastroq bolalarni oldingi partalarga o‘tqazishga harakat qiladi. Agar bolaning o‘zi shunaqa joyni tanlasa, demak u, maqsadga juda intiluvchan. Orqa qatorlar - e’tibordan qochish imkoniyati, «bekinib» o‘tirish osonroq. Lekin farzandingiz oldingi partada o‘tirishni istamasligining ham hech qanday yomon tomoni yo‘q. Bu bolaning o‘rgatiladigan materialni yomonroq o‘zlashtirishini yoki o‘rganishini anglatmaydi.

To‘rtinchi qo‘rquv: maktab bolasi qo‘liga mobil telefon tutqazsa bo‘larmikan?

– Umuman olganda, maktabga gadjetlarni olib kelish mumkin emas, lekin ko‘pgina ota-onalar farzandining o‘zi bilan smartfon olib ketganini bilishsa, xotirjamroq bo‘lishadi. Ammo bunday qurilmalar bugun o‘quv jarayoni uchun haqiqiy to‘siqqa aylandi: bola chalg‘iydi, sho‘xlik qiladi, o‘qituvchiga quloq solmaydi. Ota-onalarga dars jadvalini o‘rganish va bolani mustaqil bo‘lishga o‘rgatishni tavsiya etardim.

Farzand bilan birga uy vazifasini qanday tayyorlash kerak?

  1. Farzandingiz maktabdan qaytgach, u bilan toza havoda sayr qiling, birga ovqatlaning va yarim soatcha dam oling. Keyin esa u darslarini tayyorlashga o‘tirishi kerak! Bola o‘tirib dars tayyorlaydigan alohida joy, kitob-daftarlari uchun javon ajrating, u yerga yorug‘lik yaxshi tushadigan bo‘lishi lozim.
  2. Uy vazifasini bajarishning eng yaxshi vaqti 15.00 dan 18.00 gacha. Ushbu soatlarda miyaning ishlash qobiliyati eng yuqori darajada bo‘ladi.
  3. Vazifalarni hamisha bir vaqtda bajarishini nazorat qiling.
  4. Avval murakkabroq fanlarni, so‘ng osonroqlarini bajargani ma’qul.
  5. Bolani doimo nazorat qilmang. Uni mustaqillikka o‘rgating. Uyga vazifani oldin qorada bajarsin va tekshirtirib olsin, so‘ng oqqa ko‘chirsin.
  6. Bola uy vazifasini bajarganidan so‘ng, uni maqtab qo‘yishni unutmang.

Taomnomasi-chi?

Birinchi sinf o‘quvchisining taomnomasi 2400 Kkalni tashkil etishi lozim. Bola uchun muhim oziq-ovqatlar – tarkibida oqsil bo‘lgan (pishloq, pishloq, sut, baliq, go‘sht, tuxum) mahsulotlardir. Yog‘lar (sabzavot va sariyog‘, smetana) ham shuningdek, taomnomada bo‘lishi kerak, unga yana asosiy energiya manbai sifatida zarur bo‘ladigan uglevodlar ham (non, kartoshka, don, shakar) kiritilishi lozim.

Bola taomnomasida V1 (bug‘doy noni, bug‘doy kepagi, suli va marjumak), V12 (jigar, sut mahsulotlari, salat, ko‘k piyoz),  S (sitrus mevalar, rezavorlar, karam, otquloq, kartoshka, pomidor, olma), ye (yong‘oq, rafinadlanmagan o‘simlik yog‘i, tuxum) vitaminlari, foliy kislotasi (ko‘katlar, jigar, loviya, lavlagi, tuxum, pishloq, yong‘oq, don), fosfor (olma, yong‘oq, funduq, yeryong‘oq, gulkaram, pishloq, go‘sht, tuxum, ko‘katlar), oltingugurt (karam, kartoshka, sabzi, loviyalar), rux (bug‘doy kepagi, undirilgan bug‘doy, tovuq, mol go‘shti, qattiq pishloq) va kalsiy (sut mahsulotlari, ko‘plab meva-sabzavotlar, bug‘doy kepagi, loviyalar) bo‘lishi lozim.

Yuliya Reznikova yozib oldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech