08 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Ijtimoiy hayot
4 Fevral  2020 3297

Tajriba markazlari: yoshlar va xotin-qizlarga ish topishda qanday yordam bermoqda

Navoiydagi «Imkoniyat» NNT viloyatda keng ko‘lamli ijtimoiy loyiha doirasida fuqarolik tashabbusini amalga oshirmoqda. U aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, shuningdek, ish o‘rinlari tashkil etishda ijtimoiy hamkorlikning innovatsion mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan.

NNT dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan grant loyihalar formatida birinchi yil ishlayotgani yo‘q, undanda ahamiyatlisi, ko‘zga ko‘rinarli natijalar bilan faoliyat olib bormoqda. Tashkilotning mintaqalarda tarafdorlari yetarlicha, shuningdek, «Imkoniyat»ning nufuzli ijtimoiy kuch ekanini ko‘rgan mahalliy hokimiyat organlari ham ular bilan bajonidil hamkorlik qilyapti. Nodavlat notijorat tashkiloti ijtimoiy buyurtmani eng muhim hayotiy muammolarga mo‘ljal olgan holda hozirgi faoliyatga yo‘naltirmoqda. Negaki, barcha loyihalar ularni hal etishning aniq variantlari bilan o‘z ma’no-mazmuniga, kechayotgan jarayonlarga ustivor ta'sir etish imkoniyatiga ega.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida mamlakatimizning besh hududi, jumladan, Navoiy viloyatida ham, qishloq joylaridagi muammolarni hal etish bo‘yicha ijtimoiy buyurtmani «Sabr» ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi amalga oshiradi. Vaqtincha ishsiz yoshlar va xotin-qizlar maqsadli guruhlarga ajratilgan mazkur loyihada Navoiydagi NNT aholining ushbu toifasini mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasblarga o‘qitish va shu tariqa ularning mehnat harakatchanligiga faol ko‘maklashish imkoniyatini ko‘rdi.

Darvoqye, tashabbuskor — Samarqand «Sabr» NNT bo‘lib, u ishga joylashmagan kollej bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kasb ko‘nikmalarini shakllantirish borasida ijobiy tajriba to‘plagan. Jamoat tashkiloti 2017-2018-yillarda ham o‘xshash ijtimoiy buyurtmani amalga oshirgan, biroq faqat Samarqand viloyati miqyosida, 400 nafardan ziyod tinglovchini o‘qitib, psixolog, huquqshunos va tibbiyot mutaxassislari orqali 1250 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmat ko‘rsatgan.

Ijtimoiy buyurtma konsepsiyasini ishlab chiqishda uning mualliflari so‘nggi ikki yil ichida mamlakat rahbari va hukumati e’tibori tufayli davlat organlarining maqsadi ishsiz fuqarolar uchun ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan bir qator muhim mintaqaviy va tarmoq dasturlarini amalga oshirayotganiga diqqatini qaratdilar. Shu bilan birga qishloq aholisi, xususan, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash mexanizmlari yetarli emas va bu ishsizlik darajasini kamaytirishga imkon bermaydi. Natijada noqonuniy sektorda band bo‘lgan ta'lim darajasi past va kasbiy malakasi yo‘q kishilar hissasi haddan tashqari yuqori bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat resurslaridan samarasiz foydalanishni yuzaga keltiradi va fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy ahvolining o‘sishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bois loyiha beshta pilot hududda, jumladan, Navoiy viloyatida ham, mahalliy rivojlanish uchun tajriba markazlarni tashkil etish va qishloq joylarda yashovchi kam ta’minlangan aholining ijtimoiy faolligini oshirish va ishsizlik darajasini kamaytirishga qaratilgan davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi mexanizmini yaratishni maqsad qilgan. Yana bir maqsad — kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash borasida ko‘maklashish, ularning ijtimoiy muammolarini hal qilishda yordam berishi kutilayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan NNTlar klasterlarini shakllantirish, shuningdek, bunday loyihalarni professional darajada amalga oshirishdir. Mahalliy rivojlanish bo‘yicha tajriba markazlarining kelgusida kurslari tinglovchilariga biznes-rejalar asosida o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli mikrokreditlar berish imkoniyatlari mavjud.

- 2019-yilda davlatimiz rahbari tomonidan beshta muhim tashabbus, jumladan, xotin-qizlar bandligini ta'minlashda ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, ilgari surildi. Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida o‘tgan yozda tuman xotin-qizlar qo‘mitalari, mahalliy bandlik bo‘limlari bilan birgalikda ishsizlikning eng yuqori darajasi qayd etilgan Konimex, Nurota, Xatirchi tumanlarida 90 nafar ishsiz ayol o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi, - deydi Navoiy viloyati «Imkoniyat» nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Klara Boboqulova. - «Rivojlanish strategiyasi» markazi tomonidan tayyorlangan savollarga javoban 74 nafar ishtirokchi ayol kelgusida o‘z kasb malakasini oshirish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Navoiy va Navbahor tumanidagi ishsiz xotin-qizlardan tashkilotimizga kelib tushgan murojaatlar asosida maqsadli guruhlarni shakllantirib, ularga bepul kasb-hunar o‘rgatish kurslarida o‘qish imkoniyatini yaratdik. Sakkiz oyda 300 nafardan ziyod xotin-qiz va yosh yigitlar tikuvchilik, qandolatchilik va sartaroshlik, hunarmandchilik, manikyur va pedikyur kabi oltita kasb-hunar borasidagi yangi ko‘nikmalarni, kompyuter savodxonligini o‘zlashtiradilar. Mashg‘ulotlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan malakali amaliyotchi-mutaxassislar tomonidan sinalgan va o‘zini ko‘rsatgan «Ustoz-shogird» an'analari asosida olib boriladi.

«Imkoniyat» nodavlat notijorat tashkiloti qoshidagi «Navoiy» rivojlanish markazi sobiq Navoiy texnika-iqtisodiyot kolleji binosining yettita xonasini vaqtinchalik ijara asosida egallagan. Barcha zarur jihozlarni, jumladan, tikuv mashinalari va kompyuterlar bilan ham, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan «SABR» respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi tomonidan ta'minladi. Hamkor tashkilotlar, jumladan, beshta tuman va bitta shahar bandlik bo‘limlari bilan oltita uchtomonlama shartnoma imzolandi.

O‘quv markazida bizga aytishganidek, har bir tinglovchi birinchi navbatda, agar o‘z imkoniyatlariga ishonsa, hayotda erishish mumkin bo‘lgan shaxsiy muvaffaqiyatlarni maqsad qilgan va barcha uchun birday shart bo‘lgan o‘z biznesini tashkil etish uchun tadbirkorlik, moliyaviy va huquqiy savodxonlik, marketing asoslaridan bo‘yicha maxsus biznes va ijtimoiy treninglardan o‘tadi. 2019-yilning sentyabridan dekabr oyiga qadar Navoiy viloyati va qo‘shni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidan 98 nafar xotin-qiz kurslardan o‘tdi. Ularning har biri mahalliy mehnat birjalarida ishsiz fuqarolar ro‘yxatlariga kiritildi. Qisqamuddatli siklli kurslarning besh nafar ishtirokchisi o‘z biznesini tashkil etish uchun kredit olishga tayyor.

Ushbu loyihadan kutilayotgan samara muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, u avvalo, maqsadli guruhlar manfaatlariga mos keladi, chunki respublikamizning beshta viloyatidan bo‘lgan 800 nafar tinglovchini ish bilan ta’minlashning real ehtimoli yuzaga keladi. Ikkinchidan, jamiyatda respublika miqyosida umumlashtirish mumkin bo‘lgan NNTlarning ijtimoiy yo‘naltirilgan klasterini yaratishda aniq tajriba to‘planadi. Uchinchidan, aholining kam ta'minlangan tabaqalarini iqtisodiy faol toifaga o‘tkazish sababli davlat xazinasidagi yuklama kamayadi.

Dilfuza G‘ulomova.
«Pravda Vostoka».
Navoiy viloyati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech