10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Kеyingi avlod
5 Oktyabr  2019 3611

Maktabgacha ta'lim: mobil va modulli bolalar bog‘chalari

Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimi birinchi navbatda xalq farovonligi darajasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda ulkan rol o‘ynaydi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati surati

Davlatimiz rahbari 2018-yil 14-fevraldagi videoselektor yig‘ilishida, shuningdek, Oliy Majlisga murojaatnomasida maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish jarayonini takomillashtirishning muhimligi haqida so‘z yuritdi. Ilm-fan ham ushbu bosqichda bola miyasi intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishga eng moyil bo‘lishini isbotlagan. Olti yoshli bola allaqachon katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishga tayyor bo‘ladi. Shu bois Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasini oshirishga qaratilgan ilg‘or loyihalar faol joriy etilmoqda.

MTV sohasida belgilangan islohotlar ijrosi doirasida mobil va modulli maktabgacha ta’lim muassasalarining keng ko‘lamli loyihasi amalga oshirilmoqda. Ular oddiy MTTlarni qurish ilojsiz bo‘lgan olis qishloqlar, tog‘li hududlar va yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari bolalari uchun mo‘ljallangan. Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari taqdimotida 16 ta qayta jihozlangan avtobuslar, o‘yin maydonchalari bo‘lgan ikkita mashina turargohi modellari va ikkita modulli MTT taqdim etildi.

«Isuzu HC 40» avtobuslariga asosidagi mobil bolalar bog‘chalari belgilangan yo‘nalishda harakat qiladi. Mobil guruhlarda bolalarning bo‘lish muddati uch soatdan oshmaydi va eng ko‘pi uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan 16 tarbiyalanuvchini sig‘dirishi mumkin. Mashg‘ulotlarni qiziqarli qilish uchun MTV mutaxassislari turli yoshdagi guruhlar uchun maxsus dastur ishlab chiqqan va pedagoglar tegishli tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Ta’lim-tarbiya jarayoni ovqatlantirishni tashkil etmagan holda, lekin yengil tamaddini isitish imkoniyati bilan,  ikki smenada bo‘ladi. Mashg‘ulotlarning ko‘proq qismi ochiq havoda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun yo‘nalishning har bir nuqtasida soyabonli, to‘siqlar o‘rnatilgan, o‘rindiqchalar qo‘yilgan, halinchak, sirpanib tushadigan tepaliklar, o‘yin uyi va qumli maydonchasi bor nuqtalar tashkil etiladi.

– MTV tashkil etilgandan buyon deyarli ikki yil vaqt o‘tdi. Ana shu davr ichida soha ulkan islohotlar, qayta tashkil etishlar va ijobiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Bu vaqt mobaynida huquqiy baza takomillashtirildi - 52 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

2018-yil yanvar oyida butun mamlakat bo‘ylab bolalar bog‘chalariga 600 mingga yaqin bola chiqqan bo‘lsa, 2019-yil yanvariga kelib bu ko‘rsatkich 900 mingtaga yetdi. Mobil va modulli MTTlarning tashkil etilishi mamlakatning chekka hududlari va qishloq joylarida maktabgacha ta’lim muassasalarining keskin yetishmasligi oqibatida yuzaga kelgan muhim qadamdir, – deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

– Vazirlik faoliyati davomida respublikamiz bo‘ylab 120 ta yangi davlat bog‘chalari ochildi, ammo bu yetarli emas. Agar poytaxt va yirik shaharlarda qamrab olish ko‘rsatkichini 80,6 foizga yetkazgan bo‘lsak, ulardan chetda bu raqamlar bundan ancha past.

MTT qurilishi ko‘p vaqt va xarajat talab etadi va ba’zi joylarda mos kelmaydigan sharoitlar tufayli ularni qurib bo‘lmaydi. Yangi loyiha - «O‘zavtosanoat» AJ bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mobil ta’lim guruhlarini ishga tushirish uzoq hududlar va qishloq joylarda yashovchi ikki mingdan ziyod bolani maktabgacha ta’lim bilan ta’minlashga qaratilgan. Maqsadimiz - respublikadagi barcha bolalarning teng huquqli ravishda sifatli maktabgacha ta’limga ega bo‘lishini ta'minlashdan iborat.

Sinov loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatning 12 hududida amalga oshiriladi.

Mobil bog‘chaning har bir burchagi zarur metodik didaktik rivojlanish materiallari, mebel bilan jihozlangan. Avtobuslarda xavfsizlik uchun GPS-navigatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular har bir guruhning aniq manzilini aniqlash imkonini beradi.

– «O‘zavtosanoat» AJ mutaxassislari mobil MTT loyihasi doirasida avtobuslarni qayta jihozlab, haydovchilarni o‘qitibgina qolmay, sho‘ba korxonalar negizida bolalar maydonchalari uchun mebel va jihozlar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydilar, – deydi «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov. – Ishlab chiqarish butunlay mahalliy bo‘ladi va bu kerak paytda avtoparkni tezkor kengaytirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, har bir joyda yo‘nalish va vaqtni nazorat qilish uchun avtobuslarga GPS-trekerlar o‘rnatamiz.

Rekord qisqa muddatlarda tatbiq etilishiga qo‘shimcha ravishda maktabgacha ta’limning muqobil shakllari kam xarajatliligi ajralib turadi. Bitta oddiy MTTni qurish o‘rniga yettita modullisini o‘rnatish yoki bir necha avtobuslardan foydalanib, hududlardagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan ta’minlash mumkin.

Bundan tashqari, modulli MTTni o‘rnatishga ikki oy vaqt ketadi, bu oddiy bino qurilishidan ancha tez, albatta. Ular o‘zgaruvchan: qo‘shimcha bloklar yordamida maydonni osongina kengaytirish, shuningdek, tuzilmani yig‘ish va yangi joyga ko‘chirish mumkin. Shuningdek, Maktabgacha ta'lim vazirligi modulli maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunalarini taqdim etgan.

Har bir konstruksiya to‘rtta o‘zaro bir-biriga bog‘langan dengiz konteynerlaridan iborat. Asosiy joy mebellar, o‘yinchoqlar va o‘quv materiallari bo‘lgan o‘quv-o‘yin maydoniga ajratilgan. To‘liq kun guruhlari uchun yengil yig‘ma o‘rinlar mavjud.

Modulli va mobil MTTlar bugun maktabgacha ta’lim sohasi ehtiyojini ta’minlashda tezkor va samarali yechim bo‘ladi. Ular infratuzilmaga bog‘liq emas, chunki ular allaqachon barcha zarur sharoitlar bilan jihozlangan: sanitariya tarmog‘i, issiq va sovuq suv ta’minoti, tayyor ovqatni isitish uchun oshxona, konditsionerlar va avtobuslarda quyosh panellari mavjud. Mobil MTT loyihasiga respublika bo‘yicha 44 ta joy kiritilgan. Avtobuslar ishga tushirilishidan oldin ota-onalar bolalarni mobil guruhlarga yozishni so‘rab vazirlikka murojaat qilishdi. Bunday bolalar bog‘chalariga qatnash mutlaqo bepul ekani ham juda  muhimdir.

Mobil va modulli MTTni qurish va tugatish jarayonida issiqlikka va olovga chidamli, sog‘liq uchun zararsiz materiallaridan foydalaniladi. Mobil maktabgacha ta’lim tashkilotlari loyihachilari Turin politexnika universiteti mutaxassislaridir, modulli MTTlar loyihasi «UzAutoTRAILER» MChJga tegishli.

Yevgeniya Yun

«Pravda Vostoka».

 

«Pravda Vostoka» gazetasining 2019-yil 5-oktyabrdagi 202-sonida «Доступ к получению знаний - законное право каждого ребенка» sarlavhasi bilan nashr etilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech