31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Agrosеktor
9 Aprel  2020 4276

Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga murojaat

Aziz mirishkor dehqonlar va tomorqa yer egalari!

Ayni paytda butun jahonni koronavirus pandemiyasi qattiq xavotir va tashvishga solib turibdi. Keyingi yillarda dunyo hamjamiyati bilan chuqur integratsiyaga kirishib, jadal surʼatlarda rivojlanib borayotgan Oʻzbekistonimiz ham bu ofatdan chetda qolishi mumkin emasdi. Barchamizga maʼlumki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish, butun dunyo xalqlari qatorida yurtimiz aholisini ham tashvishga solayotgan bu ofatdan oʻzimizni, oilamiz va mahallamizni saqlash uchun qatʼiy chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu masala yuzasidan davlatimiz rahbarining keyingi yigirma kun mobaynida xalqimizga uch marta murojaat bilan chiqqanlari ham shundan dalolat beradi. Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shu yil 3-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhtaram Prezidentimiz el-yurtimizga yana bir marta murojaat etdi. Chin yurakdan izhor etilgan ushbu samimiy va taʼsirchan murojaat barcha xalqimiz qatori fermer, dehqon va tomorqa yer egalariga ham juda katta ruhiy dalda boʻldi. 

Muhtaram Prezidentimiz hammamiz yana-da jipslashib, sabr-matonatli boʻlish bilan birga, yuksak tafakkur, qatʼiy intizom va ulkan masʼuliyat koʻrsatishimiz lozimligini taʼkidladi. Videoselektor yigʻilishida dehqonchilik yumushlari qizgʻin pallaga kirgan shu gʻanimat kunlarda fermer va tomorqachilarimizga ham tetik va bardam boʻlib, tushkunlikka tushmasdan, ayniqsa, kerakli tibbiy qoidalarga qatʼiy amal qilgan holda qishloq xoʻjaligi ishlarini izchil davom ettirish boʻyicha zarur maslahat va yoʻl-yoʻriqlar berildi. Zotan, karantindan keyin ham hayot davom etishini, albatta, hammamiz yaxshi tushunamiz. 

Xalqimizning birlamchi turmush ehtiyojlarini taʼminlash, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda agrar sohaning gʻoyat muhimligi kundek ravshan. Yuzaga kelgan inqiroz chuqurlashib ketmasligi uchun ham bobodehqonlarimiz ayni kunlarda har bir lahzani gʻanimat bilishlari joiz.Siz, aziz dehqonlar yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqimiz dasturxoniga yetkazib, bozorlarimizda narx-navoning oʻrinsiz oshib ketishining oldini olishni taʼminlash eng asosiy vazifamiz ekanini unutmasligimiz zarur. Bu borada mirishkor dehqonlarimiz tomonidan bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar tahsinga sazovordir. Mavjud noqulayliklarga qaramasdan mahsulotlaringizni xalqimizga yetkazib berish uchun aholiyashash punktlarida koʻchma savdo doʻkonlari, kichik savdo yarmarkalari tashkil qilinmoqda.

Aziz yurtdoshlar, mamlakatimizga chetdan kirib kelgan koronavirus pandemiyasi misli koʻrilmagan tashvishlarni keltirib chiqarayotgan bir paytda, tomorqalarimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan xalqimiz farovonligini, dasturxoni toʻkinligini, bozorlarimizdagi arzonchilikni taʼminlash har birimizning insoniy burchimizdir. Barchani bu muqaddas burchimizni vijdonan ado etishga chaqiramiz! 

Yurtimizning barcha hududida mehnatidan baraka topayotgan tajribali dehqonlar koʻp. Tomorqa har bir oilaning bamisoli xazina manbai. Ayni vaqtda mamlakatimizda sizlar — 4,5 milliondan ortiq dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egasi 435 ming gektar unumdor ekin maydonida mehnat qilmoqdasiz. Serhosil yerimiz, daromad olishga tomorqamiz bor ekan, doimo undan unumli foydalanish, xonadonlarimizni obod, yashash sharoitimizni munosib holatga keltirish uchun harakat qilaylik. Bunday amaliy ibrat asosida ulgʻaygan farzandlarimiz ham yaxshi yashashga intilib, oʻz kelajagi uchun astoydil mehnat qiladi. Maʼlumki, dehqonchilikda bahorning bir kuni bir yilga tatiydi. Koʻpni koʻrgan, omilkor dehqonlarimiz mana shunday hal qiluvchi pallada qanday yumushlarni bajarish zarurligini juda yaxshi biladi. Tabiat injiqliklari bilan kurashlarda toblangan tajribali dehqonlarimiz vujudga kelgan vaziyatni toʻgʻri qabul qilgan holda, har bir daqiqani gʻanimat bilib, undan unumli foydalanadilar, deb ishonamiz. 

Davlatimiz rahbari 3-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hunarmandlarga va “Hunarmand” uyushmasi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratib: “Mamlakatimizda 28 mingdan ziyod hunarmand faoliyat koʻrsatmoqda. Ularga oʻtgan yili 50 million dollar mablagʻ ajratildi, 12,5 mingta loyiha doirasida hunarmandlar 75 mingdan ortiq yangi shogirdlar tayyorladi. Ushbu soha uchun bu yil yana 50 million dollar mablagʻ yoʻnaltirilmoqda. Yaratilayotgan bunday sharoitlar hunarmandlar uchun katta imkoniyatdir. 

Hurmatli hunarmandlar!

Sizlarning mehnatingiz yangi-yangi tashabbuslaringiz hozirgi vaqtda aholi bandligini taʼminlashga, albatta munosib hissa qoʻshadi”, deb taʼkidladilar. Hozirgi sinovli davrda yerga ekin ekmaslik, tomorqa maydonlarini qarovsiz qoldirish ona zaminimizga nisbatan xiyonat, deb baholanadi.

Hurmatli tomorqa yer egalari, mirishkor dehqonlar!

Birinchidan, ayni kunlarda oʻz hovlimiz,tomorqalarimizni tartibga keltirishimiz judamuhim. Mevali daraxtlarga, ekinlarga ziyon yetkazadigan turli zararkunandalarga qarshi ishlov berishni oʻz vaqtida bajaring;

ikkinchidan, aprel oyining qulay ob-havosidaqisqa muddatlarda bir qarich ham yerimizni boʻshqoldirmay, sabzavot, poliz va dukkakli ekinlarurugʻini qadang;

uchinchidan, hozirgi murakkab sharoitdatomorqadan olinadigan hosilni ikki marta koʻpaytirish uchun astoydil ishlaylik, toʻqsonbosti va ertagi ekinlardan boʻshaydigan tomorqa yerlarigamay-iyun oylarida takroriy sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa ozuqa ekinlarini ekaylik. Oʻz ehtiyojimizdan ortgan qismini xalqimiz dasturxoniga vaeksportga yetkazib beraylik. Bu ishimiz bilan oziqovqat xavfsizligini taʼminlashdek olijanob ishgaoʻz hissamizni qoʻshgan boʻlamiz;

toʻrtinchidan, tomorqa qoʻshimcha daromad manbaiekanini doimo yodda saqlagan holda, undan uch martahosil olishga intilaylik, buning uchun har bir xonadonda ixcham issiqxona qurib, namunali tomorqachiva ilgʻor dehqonlar tajriba maktabini oʻzlashtiraylik. Joylardagi yengashlarimiz sizdan yordaminiayamaydi. Kengashimiz huzuridagi jamgʻarmadan imtiyozli kreditlar ham ajratish koʻzda tutilgan. Unumdor yerimiz va serquyosh yurtimizda oʻztomorqasiga ega boʻlgan yurtdoshlarimizning kambagʻal yashashi xalqimizning mehnatsevarlik va ishbilarmonlik fazilatiga yarashmaydi.

Hurmatli mahalladoshlar va hamqishloqlar, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyiliga amal qilib, mahallalarimizni muayyan turdagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirsak, qilgan mehnatimizdan yuqori daromad olishga zamin yaratiladi. Chunki mahalla miqyosida bir xil mahsulotning yetishtirilishi uning yirik bozorlarga chiqarilishida logistika nuqtayi nazaridan qulayliklar yaratishini esdan chiqarmasligimiz kerak. Shunday ekan, mahalla oqsoqollari va ustoz dehqonlarning maslahatlariga amal qilib, bir yoqadan bosh chiqarib, bu jarayonda faol ishtirok etaylik. Mahallada kam taʼminlangan oilalarning oʻz tomorqalarida dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻzlarini tiklab olishiga baholi qudrat yordam beraylik. 

Qadrli mirishkor dehqonlar va tomorqa yeregalari!

Mamlakatimizda “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkashdehqon” va Namunali tomorqachi” kabi koʻkrak nishonlarining taʼsis etilishi ham dyehqonlarimizning mehnatiga berilayotgan yuksak eʼtiborningyorqin dalilidir. Bu — xalqimizning dasturxonini obod, turmushini farovon qilish bilan shugʻullanayotgan, yaratuvchanlikka umrini, mehrinibagʻishlagan azamat dehqonlarimiz uchun munosib eʼtirofdir. Har bir tumanda tashkil etilgan Tomorqa xizmati” MCHJlar hududdagi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bu borada tuproq-iqlim sharoiti va suv bilan taʼminlanganlik holatidan kelib chiqib, qaysi turdagi ekinlarni ekish, parvarishlash, mahsulotni yigʻib olish va uni sotish boʻyicha amaliy yordamlar koʻrsatadi. Shuningdek, yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik, koʻchatlar va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun “Tomorqa xizmati” MCHJ, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamda tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma asosida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 barobaridan 10 barobarigacha boʻlgan miqdorda subsidiyalar beriladi.Qishloq joylarda zaxiradagi yer maydonlarini foydalanishga kiritib, kooperativlar tashkil qilinmoqda. Bu kooperativlarning har bir aʼzosiga aholining joylashuvidan kelib chiqib, 20-50 sotixgacha ekin maydoni va subsidiyalar ajratilib, ular kerakli miqdordagi urugʻlik va oʻgʻitlar bilan taʼminlanmoqda. Eng muhimi, kooperativaʼzolari tomonidan yetishtirilgan mahsulot hambozor narxlarida sotib olinadi. Bu tadbirlaryordamida, birinchi navbatda, qishloq hududlardaishsizlikning kamayishiga erishiladi va qolaversa, kambagʻallikni bartaraf etish yoʻlida muhimqadam tashlandi. Surxondaryo, Andijon, Namangan,Fargʻona hamda boshqa viloyatlarda ushbu ishlarningboshlangani fikrimizning yaqqol dalilidir.

Hurmatli fermerlar!

Sizlarni tomorqangizda oilangiz ehtiyoji uchun mahsulot yetishtirish bilan birga, mahallangizdagi kam taʼminlangan oilalarga oʻz tomorqasida dehqonchilik qilishlari uchun koʻmak berishga chaqiramiz. Bu borada koʻrsatgan moddiy va maʼnaviy gʻamxoʻrligingiz, savobli ishlaringiz ularning kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshadi. Unutmang,mahalladoshlaringizga koʻrsatilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik sizlar kuzda oladigan moʻl hosilning barakali boʻlishini taʼminlaydi. Mana shunday ezgu va olijanob ishlarda barchangizga muvaffaqiyat va omad yor boʻlsin! 

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 

Oʻzbekiston fermer,dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech