22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Mamlakatimizda
6 Mart  2019 9964

Liliya Nikolenko: “Har bir kunimiz quvonchli o‘tsin!”

«Pravda Vostoka» yurtimizdagi barcha xotin-qizlarni o‘z sahifalari orqali go‘zallik va bahor mayrami bilan tabriklaydi. Bugungi sahifamiz mehmoni esa taniqli «Potrebitel.uz» loyihasi rahbari, bloger, ikkita pazandalikka oid kitob muallifi, turli tashabbuslarni ishlab chiquvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi, trener va kontent-menejer Liliya Nikolenko.

 

- Liliya, hayotda eng ko‘p nimadan zavq olasiz: ish, oila, jamoatchilik faoliyati, qiziqishlar?

- Sanab o‘tganlaringizning bari menga zavq bag‘ishlaydi, ular qanaqa hayotiy jabhada bo‘lmasin, yaxshi samara beradi. U xoh pazandalik bo‘lsin, xoh ko‘rgazma, hunarmand usta haqidagi maqola yoki ulkan va ajoyib taassurotlar qoldiruvchi sayohat, «Potrebitel» Facebook-guruhdagi faollik yoki oila, farzandlar, bunda asosiysi - natija.

- azu.uz blogingizdagi taomlar retsepti ajoyib. Aniq, lo‘nda va ishtahani qitiqlovchi!

- Mening ham o‘z sirlarim bor. 20 yillik pedagogik amaliyotga egaman, bu bois jarayonni tushunarli qilib yetkazib bera va o‘rgata olaman. Ya'ni taomlar tayyorlash qoidalari va amallarini kasbimdan foydalangan holda shunday yozib chiqamanki, bundan o‘quvchilar ham kerakli va kutilgan natijaga ega bo‘lishsin.

- Pedagog ekansiz, nega to‘satdan bloger bo‘lishga qaror qildingiz?

- Biroz boshqacharoq eshitiladi-yu, ammo bunga farzandlarim turtki bergan. 2005-yilmikan, aniq esimda yo‘q, u paytlarda mamlakatimizda blogerlar hali yo‘q edi, qizim pazandalik retseptlarini yon daftarga emas, balki ijtimoiy tarmoqda yozib borishni tavsiya qilib qoldi. AKT mutaxassisi sifatida bu meni qo‘rqitgani, shoshirib qo‘ygani yo‘q, albatta, va men, yoza boshladim. Shunchaki, axborot almashishga qandaydir talab bor edi. Biror qiziq narsa topsam, to uni boshqalar bilan baham ko‘rmagunimcha tinchlana olmayman.

Sirlarni ochib

- Bloger bo‘lish ham oson bo‘lmasa kerak?

- Albatta. Birinchidan, bu yozgan narsalar uchun, joylashtirgan postlar keltirib chiqaradigan xatti-harakatlar uchun javob bera olish kerak. Ikkinchidan, orada tanaffus qilishga imkon qolmaydi va uni davom ettirish shart. Xuddi «A»ni aytgach, ketidan darrov «B» deganday. Masalan, O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarimdan olgan taassurotlarni tasvirlay boshladim. Orada ozgina tanaffus yuzaga keldi, shunda o‘quvchilar bong ura boshladi: nega taomnomalar yo‘q, halq hunarmandlari haqidagi ma’lumotlar yo‘q, deb...

Yana bir misol: men bilan birga sayohat qilishni yoqtiririshadi. Negaki, go‘yoki eksklyuziv radiodan kabi mendan ular tomonga axborot oqimi ketadi.

- Mamlakatimizda blogerlarning o‘z faoliyati bilan shug‘ullanishida to‘siqlar uchraydimi?

- Unday demagan bo‘lardim. Hammasi milliy koloritda bo‘lgani uchundir, ehtimol. Ammo bundan u yanada qiziqarliroq bo‘ladi. Madaniyatlar, tillar va an'analar tutashgan joyda ko‘proq axborot olish uchun sababga ega bo‘lamiz. Til borasida to‘siq yo‘q deyishim mumkin. Hatto, umuman rus tilida gapirmaydigan hududlarda ham. U yerning odamlari shunchalik ochiqyuz va xushmuomalaki, lekin ayrim o‘zbekcha so‘zlarni bilmaslik qizg‘in suhbatlar qurishga xalaqit bera olmaydi.

Ko‘pchilik «Siz bologerlarga ham bosim o‘tkazishadimi?», degan savolni berishni yaxshi ko‘radi. Menga hech qanday bosim bo‘lmagan. Balki tanqid qilmaganim uchundir?..

- Jamoatchilik e'tiboridan charchab ketmaysizmi?

- Bu chindan ham og‘ir. Salgina bo‘shashishga ham imkon bo‘lmaydi, doim «forma»da bo‘lish lozim. Ammo bu charchatadi. Biroq hammasiga xotirjamlik bilan qarashga harakat qilaman.

- Qiziqishingiz doirasi keng. U qanday shakllangan?

- Buning kaliti blogerlikning mohiyatini tushunishda. Bloger xuddi nimani ko‘rsa uni qo‘shiqqa solib kuylab ketaveradigan xalq hofizi – oqinga o‘xshaydi. Bu borada oamadim kelgan – atrofimda ijodkor insonlar ko‘p, ko‘p sayohat qilishga va ko‘p narsalarni o‘z ko‘zim ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Bunda eng muhimi, ilgari hech kim e’tibor bermagan yaxshi, qiziqarli narsani ko‘ra olishda, keyin unga qiziqib, so‘rab-surishtirib, ma'lumot to‘plash va ko‘p o‘qishdadir...

Fikr almashishning bosh maydoni

- Bunday qaynoq faollikni qaerdan olgansiz? Fe'l-atvoringiz shunaqami yoki hayotiy zarurat?

- Bu ko‘proq turmush tarzi bo‘lsa kerak. Faoliyatingni ko‘pchilik kuzatib borayotganini ko‘rganingda passiv bo‘lishning sira iloji yo‘q.

- Ilmiy ishlar yozishda o‘zingizni sinab ko‘rishni xohlamaganmisiz?

- Ochig‘i, shunday fikr ham yo‘q emas, ammo vaqt borasida ayni damda bu imkonsiz. Buning uchun allaqachon yurgizib yuborilgan jarayonlardan chiqib, boshqa yangi dasturga sozlanish lozim. Ammo hozirgi faoliyatim bunga imkon bermaydi.

- «Potrebitel.uz» eng ommabop loyihangiz. U qanday paydo bo‘lgan?

- Bu g‘oya bo‘limida taomlar uchun mahsulotlar, ziravorlar tanlash, turli masalliqlar yozilgan  pazandalik saytidan chiqqan. Izohlarda ko‘pchilik jonli tarzda ishtirok etgan. Keyin kamida o‘zaro mahsulotlar haqida fikr almashadigan guruh tuzish g‘oyasi paydo bo‘ldi.

Hayot esa hammasini joy-joyiga qo‘ydi. Maydon ommaviyligi oshgach, reklama beruvchilar paydo bo‘ldi. Fikrlar va reklamalarni bo‘lish uchun umumiy qoidalar yaratilishiga zarurat tug‘ildi. Muqobili bo‘lmagani uchun loyiha kattalasha bordi, ba'zida uning o‘zi bizga nima qilish kerakligini ko‘rsatardi. Buni ilgaridan aytish ham qiyin edi negaki, bizdan oldin bunday tajriba hali bo‘lmagandi.

Guruh ishtirokchilarining soni 50 mingdan oshgach, uncha katta bo‘lmagan jamoamizning bor vaqtini egallab oldi. Shunda bir narsani tushunib qoldik: yo loyihani yopish kerak yoki unda mablag‘ ishlab olish lozim.

Guruhning asosiy muhim jihati – tovarlar va xizmatlar haqida birday axborotga ega ulkan jamoaviy miyaga egaligidir. Bunday g‘aroyib, 200 ming kishidan iborat ma’lumotnomani o‘ylab topishning o‘zi qiyin. Guruhning bilmaydigan narsasi kam va narxlar, sifat va xizmatlar borasida istalgan maslahatni berishi mumkin.

Ikkinchi muhim tomoni – iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchi yoki ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi yaxshigina muloqot maydoniga aylanganidir. Biror kishi nimadir haqida yomon fikr bildirsa, bu postni 200 ming iste'molchi ko‘radi. yetkazib beruvchining esa uning fikrini e'tiborsiz qoldirishga imkoni qolmaydi. U ham aloqaga chiqib, so‘ng administratsiya o‘rnatgan tartib asosida, har ikkala tomonni ham qoniqtiradigan yakdil to‘xtamga kelishadi. Va bu kutilgan natija bo‘ladi. Ilgari bunday imkoniyat mavjud emasdi.

- Kompaniyalar tomonidan bosim o‘tkazish holatlari ham uchraydimi?

- Guruh administratsiyasi muntazam bosimni his etadi. Ba’zan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchini iste’molchining tajovuzkor xatti-harakatlaridan himoya qilishga to‘g‘ri keladi. Bunda bizni kimlargadir yon bosishda va manfaatlarni sotishda ayblashadi. Iste'molchining e’tirozi qo‘llab-quvvatlansa, kompaniyalardan qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshlaydi. G‘azablanishadi, o‘z mavqyeini himoya qilish uchun sudga beramiz, deb po‘pisa qilishadi. Shunday harakatlar bo‘lgan. Ammo biz qonunlarimiz doirasida qat’iy harakat qilamiz, hozircha haqiqat biz tomonda.

- Kimningdir tomonida bo‘lib, uning manfaatlarini himoya qilishga sizga nima turtki beradi?

- Guruh vaziyatni tahlil qilish qoidasiga, akkauntni ko‘rib chiqishgacha, qat’iy amal qiladi. Axir, g‘azabnok post tagida hamma narsa, hatto, raqobatchilar o‘rtasidagi urush ham, yotgan bo‘lishi mumkin. Ayrim postlarni, agar salbiy xatti-harakatlarni keltirib chiqaradi, degan qarorga kelsak, o‘zimiz o‘chirib tashlaymiz.

- «Potrebitel.uz»ni maydonda boshqacha, deylik, tele- va radioshou shaklda taqdim etish borasida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

- Bu haqda ham o‘ylaganmiz, hatto, shundan takliflar ham tushgan. Ammo ularni hech qachon o‘zim olib bormayman, degan qarorga keldim, faqat loyiha rahbari, trener sifatida ishtirok etishim mumkin.

- Mamlakatimizning, keling, maydalashib ham nima qildik, butun dunyo xotin-qizlariga 8-mart tilaklaringiz...

- Har kuni ertalab yashash va hayotdan zavq olish istagi bilan uyg‘onishlarini va bu ularga olam-olam quvonch keltirishini tilayman!

Aleksandr Zotov

suhbatlashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech