19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Sport
24 Sentyabr  2019 3435

Boks: dunyoda birinchimiz!

O‘zbekiston boks jamoasi o‘zining yuksak maqomini yana bir bor namoyish qildi. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida jamoamiz birinchi o‘rinni egalladi. Sportchilarimiz hisobida uchta oltin, bittadan kumush va bronza medallari bor. Charm qo‘lqop ustalarining hozirgi mundiali XOQ qaroriga ko‘ra, Olimpiya saralash bosqichidan tashqarida bo‘lgani afsuslanarli, albatta. 

Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi bu safar tajriba qilib ko‘rishga qaror qildi. Avvalgi yulduzlar tarkibidan faqat Olimpiya chempioni Shahobiddin Zoirov qoldirildi. Qolgan yigitlar, yangi to‘lqin vakillari, ya'ni yurtimizdagi nufuzli boks maktablarining iqtidorli tarbiyalanuvchilari bo‘ldi.  

Tajribali Zoirov kutilganidek, harakat qildi va janglari sezilarli bo‘ldi. Ochig‘i, hyech kim 52 kg vazn toifasida uning g‘alaba qozonishiga shubha qilgani yo‘q ham. Va, albatta, u tom ma'noda ringning haqiqiy egasiga aylandi. U hyech kimga, jumladan, Kuba, Rossiya va Qozog‘istondan bo‘lgan asosiy raqiblariga mutlaqo imkoniyat qoldirmadi. Ishonchli g‘alaba va Shahobiddinning to‘rt yil oldingi Rio-de-Janeyro (Braziliya)dagi natijasini Tokioda ham muvaffaqiyatli namoyish eta olishiga katta umid uyg‘ondi.

Sharhlovchilar ism-sharifini to‘g‘ri o‘qishga qiynalgan Miraziz Mirzaxalilovning (57 kg) chiqishlari ham ko‘pgina xorijlik ekspertlar uchun kutilmagan bo‘ldi. Lekin uning endi tilga tushib ketishiga ishonchimiz komil. Finalda u kubalik Lasaro Alvares bilan jangda g‘alaba qozondi. Ringda kubalik bokschining qoshi juda chuqur yorildi va uchrashuv shifokorlari jangni to‘xtatish kerakligini ma’lum qilishdi. Ammo Mirazizning bu g‘alabasi tasodifan bo‘lmagani qayd etildi. Bundan oldingi to‘rtta jangning barida o‘z ustinligini namoyish eta oldi.

Uchinchi «oltin» - og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolovga nasib etdi. Mundial kashfiyoti bo‘lgani, shubhasiz. Nokautga tushiruvchi zarba berishi bilan tomoshabinlarni hayratga soldi. Aytgancha, hal qiluvchi jangda qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayev bilan to‘qnash keldi. Oldingi janglar natijasi - 2:2. Endi kuchlar muvozanati Jalolov foydasiga o‘zgardi.

Murabbiylarimizning fikricha, jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan Dilshodbek Ro‘zmetov (81) va bronza medalini qo‘lga kiritgan Bobousmon Baturov (69) yaxshigina start maydonidan Olimp sari ko‘tarilishda davom etishadi.

Jahon chempionatidan ulkan zafar bilan qaytgan bokschilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportida tantanali kutib olish tadbiri tashkil etildi. O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, Respublika boks federatsiyasi raisi Ochilboy Ramatov yigitlarimiz va murabbiylarni yuksak muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

Timur Nizayev,

«Pravda Vostoka».

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech