09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Agrosеktor
4 Fevral  2020 3802

Klasterlar tufayli hududlar faol rivojlanmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga birinchi darajali vazifa sifatida ahamiyat berilmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim bosqichlaridan biri paxta klasterlarining tashkil etilishi bo‘lib, bu soha rivojiga nafaqat kuchli turtki berdi, balki qishloq xo‘jaligida va paxta xomashyosini qayta ishlashdagi ijobiy o‘zgarishlarni ham ta’minladi.

«Qishloq xo‘jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o‘rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg‘or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev. Oliy Majlisga

Murojaatnoma, 2020-yil.

 

Namangan viloyatida «Uztex Uchkurgan», «Toshbuloq Teks», «Uchkurgan Textile», «Textile Finance Namangan», «Namangan Toqimachi» va «Namangan paxta tekst» QK MChJ paxtani qayta ishlash klaster korxonalari, sohada qator muammolarni hal qilish imkonini beradigan paxta ekiladigan maydonlar biriktirilgan «Art Soft tex cluster» fermer xo‘jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi  qaroriga asosan «Textile Finance Namangan» MChJ qo‘shma korxonasi MChJ birinchi tajriba klaster korxonasi sifatida 2018-yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan. Dastlabki 12 oy davomida kompaniya ekish kampaniyasida foydalanilgan beshta zamonaviy chigitekkich xarid qildi. Natijalar juda quvonarli - 9836 gektar yerga atigi 12-15 ish kunida chigit qadab bo‘lindi, holbuki ilgari bunga 20-25 kun vaqt ketardi.

Innovatsion tizimning afzalligi tezda o‘zini ko‘rsatdi: fermer xo‘jaliklari ishlashning ilg‘or usullarini joriy etishga e'tibor qaratdi, tajribali agronomlar jalb etildi, korxonalarga muayyan hududlar biriktirildi, xizmat transport vositalaridan keng foydalanildi, suvchilar va mexanizatorlarga maoshlari o‘z vaqtida to‘landi. Birgina 2018-yilning o‘zida 91 traktor va turli maqsadlarda foydalaniladigan agregatlar xarid qilindi.

Raqamlar so‘zlaydi

2019-yilda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-sentabrdagi «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan klaster korxonalariga sakkizta tuman biriktirilib, beshta klaster korxonasi tashkil etildi. 55,182 gektar maydonga paxta ekildi. Masalan, «Art Soft tex cluster» fermer xo‘jaligiga Mingbuloq va Pop tumanlaridagi 419 fermer xo‘jaligi (maydoni hajmi 23,218 gektar), Namangan tumanidagi «Toshbuloq Teks» MChJ qo‘shma korxonasiga - 117 fermer xo‘jaligi (5550 ga), Norin tumanidagi «Uztex Uchkurgan» MChJga - 126 fermer xo‘jaligi (6038 ga) va «Uchkurgan Textile» MChJga Uychi tumanidagi 151 xo‘jalik (5869 ga) biriktirildi va hokazo.

Klaster korxonalarining o‘z yer maydonlari ham mavjud. «Art Soft tex cluster» fermer xo‘jaligiga Mingbuloq tumanidan - 1,860, Pop tumanidan - 2,268 gektar, Namangan tumanidagi «Toshbuloq Teks» MChJ qo‘shma korxonasiga – 407 gektar va Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Textile Finance Namangan» MChJga - 50,9 gektar yer maydonlari ajratildi.

Klaster korxonalari tomonidan o‘tgan yili 546 ta traktor va agregatlar, jumladan, 136 ta qator oralarini yumshatadigan traktor, 82 ta kultivator, 9 ta lazerli rejalagich, 13 ta zamonaviy paxta terish mashinasi, 14 ta chigitekkich, 13 ta bug‘doy o‘radigan kombayn, 43 ta purkagich va 2 ekskavator, to‘rtta haydov traktori, 133 ta tirkama va 97 ta boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasi sotib olindi. Bularning barchasi yig‘im-terim sur’atlari o‘sishiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatdi, masalan, «Art Soft tex cluster» fermer xo‘jaligi Mingbuloq va Pop tumanlarida mos ravishda 37,362 va 28,816 tonna, Namangan tumanida «Toshbuloq Teks» MChJ qo‘shma korxonasi - 20,414 tonna, Norin tumanida «Uztex Uchkurgan» MChJ - 20,201 tonna, Uychi tumanida «Uchkurgan Textile» MChJ  - 19,106 tonna, Uchqo‘rg‘on tumanida «Textile Finance Namangan» MChJ 30,438 tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib oldi.

2019-yilda klasterlar tomonidan ishlab chiqarilgan paxtaning umumiy hajmi - 171,115 tonna.

Yaxshi mahsulot - o‘zimizga ham, eksportga ham

Klaster tizimining afzalligi nimada? U xomashyo emas, balki davlat uchun ham, ishlab chiqaruvchi uchun ham foydali bo‘lgan tayyor mahsulotlarni sotish va eksport qilish imkonini beradi. Masalan, «Art Soft tex cluster» fermer xo‘jaligi tomonidan o‘tgan yilgi hosil hisobidan 10,744 tonna tola, 1,280 tonna yigirilgan ip va 115 milliard so‘mlik tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. O‘n minglab dollarlik eksportni tashkil etish ustida ishlar olib borilmoqda. Uchqo‘rg‘on, Norin va Uychi tumanlarida «Textile Finance Namangan» MChJ tomonidan yetishtirilgan paxtaning umumiy hajmidan esa 7364 tonna tola, 30,100 tonna yigirilgan ip va gazlama ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 26 464,20 dollarlik qiymatidagi trikotaj mahsulotlari partiyasi eksport qilinadi.

Klaster tizimining yana bir afzalligi shundaki, korxonalar ishlab chiqarilgan mahsulotlardan erkin foydalanadi hamda barcha xodimlarning manfaatlarini hisobga olgan holda narxlar va sotish hajmini mustaqil belgilaydi. Mahsulot sifati uchun xomashyo tayyorlovchilar ham, qayta ishlovchilar ham mas'ul, negaki, sotilgan mahsulotdan hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymatning bir qismi umumiy jarayonga hissa qo‘shgan barcha ishchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida ish o‘rinlari ham yaratiladi.

Shu maqsadda 60 gektardan ortiq yer maydoni ajratilgan Mingbuloq va Pop tumanlarida agrosanoat klasterini yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Turkiyaning «Altintoprak Pamuk Tekstil Tarim Nakliyat Sanayi Ve Tisaret Limited Sirketi» kompaniyasi bilan birgalikda «Art Soft Holding» MChJ yaratiladi, yuqorida tilga olingan ikki tumanda paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash, urug‘chilikni rivojlantirish va issiqxona majmualarini yaratish uchun 30 mln dollar miqdordagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilinadi. «Art Soft Holding» MChJ tarkibida 18 ta qo‘shma korxona bo‘lib, u 2019-2022-yillarda 114,2 mln dollarlik qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ochadi. Masalan, «Art soft fiber» MChJda paxtani qabul qilinadi, tozalanadi va qayta ishlanadi, «Artsoft oil»da yog‘ ishlab chiqariladi, «Art soft seeds» - paxta chigiti, boshoqli va boshqa ekinlar ishlab chiqarish bo‘yicha urug‘chilik korxonasi va boshqalarni, «Art soft laboratory» MChJda - tuproq sharoiti, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, un, yog‘ va boshqa mahsulotlar sifatini nazorat qilish laboratoriyasi, «Art soft greenhouse» - zamonaviy issiqxona majmuasi, «Art soft livestock» - chorvachilik majmuasi hamda go‘sht va sutni qayta ishlash korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 «Namangan To’qimachi» MChJga To‘raqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklariga, yangi tashkil etilgan «Namangan paxta tekst» MChJ esa Kosonsoy tumani biriktirilgan. Mazkur tumanlar ilgari paxta klasteri tarkibiga kirmasdi.

Ayni damda klaster korxonalari tomonidan 63,406 gektar paxta ekiladigan maydonlar shudgorlanib, ushbu maydonlarda bahorgi dala ishlariga texnika va mexanizmlar shay qilib qo‘yildi, ekin maydonlarini  ekishga tayyorlash borasidagi qishki yumushlar bilan bir qatorda Mingbuloq va Pop tumanlaridagi sho‘rlangan yerlarni yuvish, ariq-zovur tarmoqlarini tozalash, nasoslarni ta'mirlash va boshqa ishlar davom ettirilmoqda. 

* * *

Agar butun klaster tizimi haqida gapirilsa, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, klasterlarning shakllanishi mintaqalarning faol rivojlanishiga va mintaqalararo integratsiyaning chuqurlashuviga yordam beradi. Klaster muayyan hududga «bog‘lanadi» va uning resurs salohiyatiga tayanadi. Bir mintaqadagi nomdosh klaster shaklan va mazmunan boshqa hududdagi nomdosh klasterdan farq qiladi. Shu nuqtai nazardan ham klasterlar noyob iqtisodiy tuzilmalar hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi klasteridagi ishtirok fermerlarga yangi texnologiyalarga, eng yaxshi amaliyotlar va faoliyatning ilg‘or usullari va ishlab chiqarilgan mahsulotni yetkazib berish imkoniyatlaridan foydalanishda afzalliklarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Moslashuvchanlik va bozor sohasidagi o‘zgarishlarga tez javob bera olish qobiliyati klaster tarkibiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarining raqobatdagi ustunliklarini shakllantirishda juda muhimdir.

Tohirjon Rapiqov.

Namangan viloyati xokimi o‘rinbosari.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech