25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Madaniyat
28 Fevral  2019 6501

Baxtiyor Sayfullayev: «O‘zbekiston madaniyatlar va xalqlarni birlashtirmoqda»

Insoniyatning oliy boyliklaridan biri – madaniyatdir. Barcha davrlarda san’at asarlari nafaqat bezak, balki kelgusi avlodlarga bilim va tajribani yetkazish, kimnidir yoki nimanidir abadiylashtirish usuli hisoblangan. Bugun uni rivojlantirish, merosimizni saqlash va muhofaza qilish, festivallar tashkil etish, milliy ijodimizni jahon arenalariga olib chiqish va boshqa ko‘pgina masalalar borasida Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bilan suhbatlashamiz.

- Agar ortga nazar solsak, vazirlik so‘nggi yillarda qanday muhim loyihalarni amalga oshirdi?

- Faoliyatimiz asosini 2018-yildagi Davlat dasturi tashkil etadi. Unda yil bo‘yi ular ustida ishlangan maqsad va vazifalar belgilab berilgan.

Birinchidan, bunda aholi savodxonligini oshirish va hayotning barcha jabhalarida milliy tilimizning roli ustuvor hisoblanadi. Bu masala ilgariyam kun tartibida bo‘lgan, biroq bugun unga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shu punktni bajarish uchun vazirlik tomonidan Harakatlar rejasi tasdiqlangan. Unga, masalan, ishtirok etuvchilar ro‘yxati davlat organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlarga yuborilgan «Ommaviy diktant», deb nomlangan qiziqarli va keng ko‘lamli tashabbus kiritildi. Natijada 58 ta vazirlik va muassasadan 1200 dan ziyod xodim ro‘yxati shakllandi.

Oldingi rejalarga mos tarzda o‘tkazilgan tadbirlar juda ko‘p. Barchani va har bir odamni qamrab olishga harakat qilindi va bunday tadbirlarga aholining turli qatlami vakillari jalb etildi. Shunday tajribaga ega bo‘la turib, ushbu yo‘nalishdagi navbatdagi harakatlar haqida gapirish mumkin.

Birinchidan, bizga umumdavlat ahamiyatiga ega madaniy va arxeologik merosimizni muhofaza qlish hamda ulardan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar yuklatilgandi. Ma’lumki, bu juda muhim masala, unga javob esa Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi «Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida va mazmunan noyob hisoblangan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»da keltirib o‘tilgan.

Uchinchi, o‘ta muhim topshiriq esa xususan, nogironligi bo‘lgan kishilar uchun ham, axborot-kutubxona xizmatlari tizimini takomillashtirish bo‘ldi. Bilim olish, mutolaa – har bir insonning huquqi va uni hech kim tortib ololmaydi. Aksincha, ularga bu borada keng yo‘l ochib berish kerak, va biz, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-sentyabrdagi mos «Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorini ijro eta turib, ular ustida ishladik. Unga muvofiq bunday insonlarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda, kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda.

Hammaning ham kutubxonaga bora olmasligi tushunarli. Bunday insonlar uchun ijtimoiy tarmoqlarda istalgan kompyuter yoki mobil qurilma orqali kirish mumkin bo‘lgan maxsus nashrlar soni ko‘paytirilmoqda. Yaxshi ko‘ra olmaydiganlarga qulaylik yaratadigan audiokitoblar soni ham oshib boryapti.

Har bir hujjat ortida ulkan mehnat va katta o‘zgarishlar yotadi. Ayrim natijalarni darrov olib bo‘lmaydi, albatta, buning uchun qanchadir vaqt kerak, hech bir ishning lahzalar ichida bitib qolmasligi ham inobatga olingan. Ammo davlatimiz bir yil ichida erishgan natijalarga qarab, kelajakka umidli prognoz qilish mumkin.

- So‘nggi paytlarda sohada qanaqa muammolarga to‘qnash keldingiz, qaysi masalalar o‘z yechimini kutyapti va ularni bartaraf etish borasida nimalar qilinmoqda?

- Muammolar chindan ham ko‘p. Ba’zilari bartaraf etilganidan so‘ng yana paydo bo‘ladi. Masalan, milliy madaniy meros ob’yektlari yaqinida ruxsat etilmagan qurilish ishlarini amalga oshirishni olaylik. Ularning tashabbuskorlari, bunday hududlarning muhimligi va bahosi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan, ba’zan hatto, bilmaydigan mahalliy hokimiyat, tadbirkorlardir. Ruxsatsiz yerga egalik qilishadi, qadimiy obidalarga zarar yetkazishadi, jazolashga kelganda o‘zlarini jabrlangan, deb hisoblashadi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, bugun mamlakatimizda bunday yodgorliklarni muhofaza qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzdagi tarixiy markazlarning YuNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi aytib o‘tilgan muammolarning yechimi bo‘ldi deyish ham mumkin.  Shuningdek, bunday ob’yektlarni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish uchun Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqaramasi bazasida Madaniy meros departamentini barpo etishga qaror qilindi. Departament tezlikda hal etishni talab qiladigan vazifalarning yechimini ta’minlaydi.

Shuningdek, madaniy markazlar bilan bog‘liq qator muammolarga ham duch keldik. Ularning ko‘pi obod qilinmagan, deyarli tashlandiq ahvolda, mutlaqo ishlashmagan, ko‘pincha mahalliy aholi o‘z uylari yaqinida shunday muassasa borligi haqida bilishmaydi ham. yechim esa, Prezidentimizning 2018-yil 28-noyabrdagi  «O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan. Unda zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o‘rin egallamagani, sohaga bugungi kun texnologiyalari joriy etilmagani uni keng tadqiq va targ‘ib etishga yo‘l bermayotgani keltiriladi. Mavjudlari bazasida zamonaviy madaniy markazlar barpo etish, 2019-2022-yillarga ta’mirlashga va yangi uskunalarga, rekonstruksiyaga muhtoj muassasalar ro‘yxatini tasdiqlash nazarda tutilgan.

Ushbu hujjatda vazirligimizning har yili 21-27-mart kunlari «Teatr tomoshalari haftaligi»ni va uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, teatr rassomlarining ko‘rgazmalari, teatr liboslari va dekoratsiyalari namoyishlarini tashkil qilish, tomoshabinlar bilan ijodkorlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazish hamda aholining shu kunlari davlat teatrlariga bepul kirishi to‘g‘risidagi takliflari ham tilga olingan. Biz shunday yo‘l bilan fuqarolarni madaniy hordiq olishga chaqiramiz, bunday tadbirlar haftaligidan so‘ng ularni madaniy markazlar ham quvontirishda davom etadi.

Uzoq kutilgan va o‘zgarishlarni talab eta boshlagan sirk borasidagi qarorni ham tilga olmay iloj yo‘q. Vazirlar Mahkamasi o‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish va «O‘zbek davlat sirki» davlat muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi. U so‘nggi yillarda yig‘ilib qolgan muammolarni hal etishga qaratilgan. Qarorda muassasaning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, artistlar doirasi, sirk tomoshalari va dasturlarini kengaytirish, uning xodimlarini rag‘batlantirishni ta’minlash ham tilga olinadi. Shuningdek, hujjatda yosh mutaxassislarni tayyorlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash e’tibordan chetda qolmagan. Davlat xususiy-sheriklik tamoyillarini tatbiq etish hisobiga investitsiyalarni jalb etish belgilangan. Ayni damda vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorlikda sirk san’ati darajasini oshirish bo‘yicha mos takliflar ustida ishlamoqda.

- Madaniyat sohasida tez-tez katta-katta tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Yaqinda ikkita ana shunday festivalning o‘zkazilishi to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Bunday tashabbuslarning mamlakatimizning an’anaviy madaniyatini rivojlantirish va saqlab qolishdagi hissasini qanday baholagan bo‘lardingiz?

- Chindan ham 2018-yilning 1-noyabrida Prezidentimizning ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro baxshichilik san’ati hamda xalq amaliy-san’ati festivallarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlari e’lon qilindi. Bu soha xodimlari uchun uzoq kutilgan va quvonchli voqyea bo‘ldi. Negaki, ular milliy san’atimizni rivojlantirish va keng tarqalishida, betakror qadriyatlarimizni saqlab qolish, tarixini o‘rganish, shuningdek, iste’dodlarni rag‘batlantirishda juda muhim hisoblanadi. Baxshilar ijodiga bag‘ishlangan festival ular san’atining dunyoga tarqalishiga, o‘rganilishi qiziq bo‘lgan fenomenga aylanishiga turtki beradi. Tayyorgarlik ketyapti, butun dunyodan arizalar kelib tushmoqda. Ishtirok etish uchun Rossiya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Malayziya, Xitoy, Avstraliya va hatto, Meksikadan arizalar kelib tushdi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston turli madaniyatlar va xalqlarni birlashtirmoqda.

- Bu yilgi rejalaringiz qanday god?

- Yurtimizda aholi ma’naviy-ma’rifiy darajasini oshirish, madaniyat va san’at muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasida kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqda. Rasmiy hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar ham rejada qoladi. Ish ko‘lami nihoyatda keng, maqsadlar aniq, shu bois yagona aytadiganim, Madaniyat vazirligi belgilangan maqsadlar sari yo‘lini davom ettiradi.

Shuningdek, O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash «Ilhom» jamoat fondi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiallari o‘z faoliyatlarini takomillashtirishda davom etadi.

Erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Bugun xalqaro maydonlarda, xalqimiz ehtiyojlarini unutmagan holda, o‘zimizni namoyon etish har qachongidan ham muhimdir. Bizni oldinda ko‘plab topshiriq va ishlar kutmoqda, ammo yangidan-yangi tashabbuslaru yaxshi o‘zgarishlar undanda ko‘p bo‘ladi.

Sabina Alimova

suhbatlashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech