20 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,8 °C

Hamkorlar yangiliklari
17 Dekabr  2019 3040

O‘zsanoatqurilishbank «Sumitomo Mitsui Banking Corporation» bilan 100 mln. dollarlik kelishuvni imzoladi

Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga davlat tashrifi arafasida tashkil qilingan O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumida O‘zsanoatqurilishbank «Sumitomo Mitsui Banking Corporation» bilan qiymati 100 mln. AQSh dollarilik hamkorlik kelishuvini imzoladi, deb xabar qiladi bank matbuot xizmati.

Mazkur hujjat savdoni moliyalashtirish, g‘aznachilik operatsiyalari, O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish kabi sohalarda banklararo hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi

Yaponiya banki moliyalashtirish liniyasi O‘zsanoatqurilishbankka Yaponiya va boshqa mamlakatlardan texnologik uskunalar va xizmatlarni import qilishni ko‘zda tutadigan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha resurs bazasini kengaytirish imkonini beradi. Qayd etish joizki, Yaponiya banki tomonidan O‘zsanoatqurilishbank mijozlariga tovarlar va xizmatlar eksport-oldi moliyalashtirilishi uchun resurs taqdim qilinishi ham ushbu kelishuvda ko‘zda tutilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech