05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Hamkorlar yangiliklari
25 Mart  2020 592

Maxsus belgi xavfsizlikka ishora

Toshkent shahrida jamoat transportlari qatnovi to‘xtatilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidan poytaxtga qatnab ishlovchi fuqarolarga hamda ular ishlayotgan korxona, tashkilot va muassasalarga transport xizmatini tashkil etishda «Toshshahartransxizmat» AJ shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi mumkinligi haqida avval ham xabar berilgan edi.

Yo‘lovchilar xavfsizligi hamda transport vositasining texnik va sanitariya talablari asosida xizmat ko‘rsatishini bildirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, «Toshshahartransxizmat» AJ, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida maxsus belgi tayyorlandi.

Ushbu belgida transport vositasining turi hamda davlat belgisi ko‘rsatiladi va xizmat ko‘rsatuvchi korxona muhri bilan tasdiqlanadi.

Bu transport vositalarining texnik va sanitar holati talab darajasida ekanligi bildiradi.

Aziz yo‘lovchilar, korxona va tashkilotlar rahbarlari,

transport xizmatini tashkil etishda «Toshshahartransxizmat»AJ tasarrufidagi faqat ana shunday belgili avtobuslardan foydalaning, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech