20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +41,2 °C

Xavfsizlik
17 Yanvar  2019 1458

Zominda beshikdagi bola yong‘inda vafot etdi

Shu yilning 15-yanvar kuni soat 09.03da Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shaharchasi Baxt mahallasidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi DYXX.

 

 

 

Voqyea joyiga tezda 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib borgan. Uyning yotoqxonasida 2 kv.m. maydonda gilam, ko‘rpa va beshik yonayotganligi aniqlanib, yong‘in shu zahoti bartaraf etilgan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda beshikdagi bolani nostandart elektr isitish moslamasiga yaqin qo‘yib, uni nazoratsiz qoldirilishi natijasida yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 2018-yilda tug‘ilgan M.D. shifoxonada vafot etgan.  

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech