17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,4 °C

Turizm
18 Iyun  2019 914

Zominda 29-30-iyun kunlari “Asal va dorivor giyohlar festivali” bo‘lib o‘tadi

Zomin tumanining markaziy istirohat bog‘ida Jizzax viloyatida ilk bor “Asal va dorivor giyohlar festivali” o‘tkazilishi kutilmoqda, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad Jizzax viloyatida yetishtirilgan asal va shifobaxsh giyohlarning turlari, ularning dorivorligi xususiyatiga keng jamoatchilik e'tiborini qaratish va mazkur sohada tadbirkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.

Mazkur tadbirga respublikamizda faoliyat yuritayotgan Eron, AQSh, Turkiya va Afg‘onistonlik turistlarning mehmon bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida xorijliklarning Jizzax viloyatida sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishlariga asos bo‘lishi mumkin.

Festival asal, dorivor giyohlarning eng yaxshi namunalari, mohir hunarmandlar bilan birga milliy-hududiy brend nominatsiyasi ham munosib taqdirlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech