05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,4 °C

Raqamlashtirish
12 Mart  2020 675

JSST Milliy palataga ishonch bildirmoqda

Joriy yil 4-martida Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasida JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

L.Kuppens ta’kidlaganidek, JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sa’y-harakatlari sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda Milliy Palata bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan, va bu o‘z o‘rnida, o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni talab etadi. 

L.Kuppens so‘zlariga ko‘ra, JSST mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi ahvolini tahlil qilish bo‘yicha mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda 2017-yildan buyon ishlar olib borilmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sog‘liqni saqlash sohasidagi sa’y-harakatlarning katta qismini yuqumli kasalliklar band qilmoqda, hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida tuberkulyoz va OIV infeksiyasining yangi holatlari qayd etilmoqda. Shu bilan birga, statistika ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lim holatlarining 80 foizi yuqumli bo‘lmagan kasalliklardir. Bularning barchasi sog‘liqni saqlash tizimini kuchaytirishni talab qiladi. Shuning uchun JSST sa’y-harakatlari aynan shu sohadagi tizim yaratilishida va uni ushlab turuvchi mutaxassislar salohiyatini oshirishda yordam berishga qaratilgan.

JSSTning ushbu yo‘nalishda qo‘llaydigan xalqaro tajribasi sog‘liqni saqlash tizimining yaratilishi va ishlashi uchun zarur bo‘lgan 6ta asosiy qismning muhimligini ko‘rsatmoqda. Ular orasidan quyidagilar o‘rin olgan:

strategik rahbarlik va menejment;

sifatli xizmat ko‘rsatish;

axborot tizimi va raqamlashtirish;

dori-darmonlar va davolash texnologiyalari, diagnostik laboratoriyalar qulayligi;

sog‘liqni saqlash uchun inson resurslari va moliyalashtirish.

JSST bugungi kunda sog‘liqni saqlash sohasida qabul qilingan moliyalashtirish tizimidagi o‘zgarishlar masalalari bilan, shuningdek majburiy tibbiy sug‘urtaning joriy etilishi bo‘yicha pilot loyihasini amalga tatbiq etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralararo guruhda Milliy palataning faol ishtiroki ahamiyatini qayd etdi.

Suhbat davomida tomonlar sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish uchun raqamlashtirish muhimligini bir necha bor ta’kidladilar.

Shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urtaning joriy etilishi kafolatlangan tibbiy yordamning yagona paketini ishlab chiqishni anglatadi, unda hamma narsa, shu jumladan umumiy amaliyot shifokori, hamshiraning xizmatlari, zaruriy mezonlar va boshqalar hisobga olinishi kerak. Bu, o‘z navbatida, Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasiga kiritilgan klinik protokollarni yangilash bilan bog‘liq.

Muzokaralar natijasida tomonlar doimiy ravishda hamkorlik qilish, ma’lumot almashish va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan boshqariladigan va ilgari surilayotgan loyihalarga Milliy palataning ekspertlarini jalb qilish to‘g‘risida kelishib oldilar, deb xabar beradi   O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech