09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Tashvishli xabar
17 Noyabr  2019 574

J.Ortiqxo‘jaevga tegishli deya ta'kidlanayotgan audioyozuv bo‘yicha bosh prokuratura bayonot berdi

Bosh prokuratura tomonidan Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jaevga mansubligi ta'kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qaerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda.

 

O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi, deyiladi bosh prokuratura bayonatida.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlardan tarqalgan va J.Ortiqxo‘jaevga tegishli deyilayotgan audioyozuvda jurnalistlarga nisbatan haqoratli va tanqidiy fikrlar bildirilgan. Bu esa jurnalistlar tomonidan keskin e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech