23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,4 °C

Xavfsizlik
23 Iyul  2020 1433

Qoʻshnining hayoti 1 000 dollarga baholandi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida qoʻshnilar qarzni undirishning noyob usulini qoʻlladilar.

2020-yil 20-iyul soat 23:00da Buloqboshi tumani Uchtepa MFY Boʻston koʻchasida yashovchi 28 yoshli fuqaro qoʻshnisidan 1 000 dollar qarzini soʻrab kelgan vaqtida oʻzaro janjallashib qolganlar.

Janjal davomida qarzini talab qilgan talabgor 21 yoshli tanishi hamda 25 yoshli va voyaga yetmagan 17 yoshli ukalari bilan birgalikda qarzdorni oʻsha yerdagi yogʻoch tayoq bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganlar. Natijada 43 yoshli qarzdor qoʻshni olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Hodisa joyini koʻzdan kechirish davomida jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazilgan bir dona tayoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha talabgor, uning tanishi va ukasi gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda tartibida ushlanganlar. Hozirda voyaga yetmagan 17 yoshli ukaning harakatlariga huquqiy baho berish choralari koʻrilmoqda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech