24 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16 °C

Mamlakatimizda
2 May  2019 1221

Prezident va’da qilgan kutubxona ishga tushdi

Urgut tumanida yangi axborot resurs markazi majmuasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-martda Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Urgut tumanida zamonaviy kutubxona tashkil etish masalasi taklifi berilgandi. Ushbu tashabbus yurtboshimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va kutubxona qurilishi dasturga kiritilib, qisqa muddatda ishga tushdi, deb xabar tarqatdi Zarnews.

Urgut istirohat bog‘ida bunyod etilgan kutubxonada 20 ga yaqin mutolaa zallari va 4 ta muhokama va kompyuter xonalari o‘rin olgan. Kutubxona ayni paytda 2000 dan ortiq badiiy, ijtimoiy-siyosiy va turli xil ertak kitoblardan iborat adabiyotlar bilan ta'minlangan. Shuningdek, ma'rifat maskanida 50 ta zamonaviy kompyuter, tezkor WI-FI tarmog‘i yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2000 ta adabiyotlarning elektron nusxasi shakllantirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech