02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,2 °C

Salomatlik
22 Yanvar  2020 1465

Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish hajmi keskin oshdi

2016-yilda Davlat byudjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasiga 6,0 trillion so‘m ajratilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2020-yilda 14,8 trillion so‘m tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Bu 2016 yilga nisbatan qariyb 2,5 baravar yoki 2019-yilga nisbatan 1,23 barobar ko‘proq degani.

Shuningdek, 2020-yilda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilishga 1 491,8 milliard so‘m ajratish nazarda tutilgan. Bu 2016-yilga nisbatan 6,5 barobar yoki 2019-yilga nisbatan qariyb 36 foizga ko‘proq degani.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash sohasi ayrim faoliyat turlarining mablag‘ bilan ta'minlanishida quyidagi o‘zgarish kutilyapti:

- shoshilinch tibbiy yordam muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar xarajatlari uchun 2020-yilda 102,8 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilyapti, xolbuki bu ko‘rsatkich 2016-yilda 16,3 milliard so‘mni tashkil etgan.

- sog‘liqni saqlash sohasining eng og‘ir nuqtalaridan biri bo‘lgan onkogologiya muassasalarida davolanadigan har bir bemorni bir kunlik dori vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta'minlash xarajatlari uchun byudjetdan 2016 yilda 3 250 so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 66 227 so‘mni tashkil qiladi.

- aholiga tez tibbiy yordam xizmati uchun har bir chaqiruv uchun 2016-yilda o‘rtacha 482 so‘mdan ajratilgan bo‘lsa, 2020-yilda bunday xarajat turi uchun 6 700 so‘mdan ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech