24 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Sport
20 Fevral  2019 1500

O‘zbekistonlik futbolchi vafot etdi

Samarqandning «Dinamo» futbol klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiev 37 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

 

Sirojiddin Sayfiev uzoq vaqtlardan buyon o‘pka saraton kasalligi bilan og‘rib kelayotgandi. 2016-yilda saraton o‘simtasi uning bosh qismida ham aniqlangan.

Bir necha marotaba turli nashrlarda uning sog‘lig‘ini yaxshilash va davolanishiga ko‘maklashish maqsadida «Taslim bo‘lma, Siroj», «Biz sen bilan Siroj» kabi aksiyalar tashkil qilingandi.

“pv.uz” portali marhumning oila a’zolariga chuqur hamdarlik bildiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech