26 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Turizm
6 Yanvar  2019 1378

O‘zbekistonga vizasiz kiruvchi davlatlar 45 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida 2019-2025-yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Farmonga muvofiq:

2019-yil 1-fevraldan elektron kirish vizasini oluvchi mamlakatlar ro‘yxati kengaytiriladi;

2019-yil 15-martdan 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimi hamda alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasi joriy qilinadi.

Farmonga ko‘ra, 2019-yilning 1-fevralidan 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi.

Quyida ushbu davlatlar ro‘yxati keltirilgan:

  1. Avstraliya
  2. Avstriya
  3. Argentina
  4. Bosniya va Gersegovina
  5. Vatikan
  6. Lyuksemburg
  7. Vengriya
  8. Bruney-Darussalam
  9. Gretsiya
  10. Irlandiya
  11. Islandiya
  12. Italiya
  13. Kanada
  14. Andorra
  15. Lixtenshteyn
  16. Monako
  17. Belgiya
  18. Daniya
  19. Ispaniya
  20. Niderlandiya
  21. Norvegiya
  22. Shvetsiya
  23. Latviya
  24. Litva
  25. Mongoliya
  26. Yangi Zelandiya
  27. Portugaliya
  28. Bolgariya
  29. Kipr Respublikasi
  30. Malta
  31. Polsha
  32. San-Marino
  33. Serbiya
  34. Sloveniya
  35. Xorvatiya
  36. Chili
  37. Ruminiya
  38. Slovakiya
  39. Buyuk Britaniya
  40. Braziliya
  41. Finlyandiya
  42. Chernogoriya
  43. Chexiya
  44. Shveytsariya
  45. Estoniya

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech