01 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,2 °C

Mamlakatimizda
24 Dekabr  2019 6434

O‘zbekistonda 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

1-qism. Qisqarayotgan hujjatlar va vakolatlar

1.Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish uchun javobgarlik boshqaruv organlariga yuklanadi. Davlat xaridlari bo‘yicha topshiriqlar va import kontraktlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi”da ekspertizadan o‘tkazilmaydi.

2.100 boshli chorva va 100 ming parranda bo‘lgan xo‘jaliklarda veterinariya vrachi va zootexnik shtati joriy etiladi.

Tuman hokimlari kelgusi yilga ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasini “O‘zbekchorvanasl” agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi.

3.Respublikaning barcha hududlaridagi ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlar haqidagi ma'lumotlar Reestrga faqat elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan elektron kiritiladi va mulkdorga Reestrdan ko‘chirma beriladi.

4.Quyidagilar kadastr organlariga elektron yuboriladi:

- banklar tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini hamda ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda uy-joyni qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar;

- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk ob'ektini “E-IJRO AUKSION”da sotish va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish orqali vujudga kelgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur ma'lumotlar.

5.Tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy kesganlik, shikastlaganlik yoki yo‘q qilganlik uchun undirilgan jarimaning 50 foizi huquqbuzarlik sodir bo‘lgan hududda yangi tut ko‘chatlari ekish uchun yo‘naltiriladi.

6.Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan induksion pechlar va kameralarga nisbatan tegishli bojxona imtiyozlari tatbiq etilmaydi.

7.Og‘ir va yirik gabaritli avtomobillarning vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish, ularning avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi uchun yig‘im undirish va harakatlanishiga ruxsatnoma berish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (Qo‘mita) tomonidan amalga oshiriladi.

Yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto- va videoqayd etish texnik vositalari Qo‘mita bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi.

Avtomobil yo‘llarining qatnov qismlariga uzunasiga joylashgan muhandislik kommunikatsiyalarining yangi tarmoqlarini loyihalashtirish va yotqizish taqiqlanadi, ularning avtomobil yo‘llari bilan ko‘ndalang kesishishi bundan mustasno.

8.Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, shuningdek, yo‘l-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan ob'ektlar bo‘yicha shartnomalar faqat davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlov (tender) yakunlari bo‘yicha tuziladi.

Yo‘l-qurilish ishlari bo‘yicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Toshkent shahri ko‘chalarini qurish va ta'mirlash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.

92020-yil 1-yanvardan boshlab, neft bitumining yo‘llarga mo‘ljallangan markalarini sotish sohasida foaliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilmaydi.

10.Hokimliklarning alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkaziladi.

Hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi.

Davlat organlari va tashkilotlari jami 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan esa ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Prezident va Hukumat hujjatlari bilan tuzilgan (ro‘yxati mazkur qarorda keltirilgan) idoralararo kollegial organlari tugatiladi.

11.Ayrim xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatli korxonalar xaridlarni amalga oshirishdan oldin davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida e'lon joylashtiradi.

12.Tajriba-sinov tariqasida 10 ta oliy ta'lim muassasalari o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

13.Aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida ko‘riladigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan qoplanadi.

“Huquqiy axborot” kanali

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech