01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,4 °C

Salomatlik
28 Fevral  2020 767

O‘zbekiston JST ga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirish  jarayoni doirasida Tashkilotga a’zo davlatlar Ishchi guruhning 4-yig‘ilishini Jeneva shahrida o‘tkazishga faol tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

2019-yil yakunida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov boshchiligidagi JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning qarorlariga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Memorandum va boshqa qo‘shimcha hujjatlar JST Kotibiyatiga yuborildi.

Xususan, O‘zbekiston milliy qonunchiligini JST qoida va talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi yuborildi.

O‘rnatilgan amaliyotga muvofiq, kelgusi 4-6 hafta ichida JSTga a’zo davlatlar O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadilar. Ushbu protsedura yakunidan so‘ng, Jenevada O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirish bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech