25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Sport
25 Dekabr  2018 1235

O‘zbekiston Milliy terma jamoasining Osiyo Kubogiga boradigan yakuniy tarkibi e’lon qilindi

Xabaringiz bor, 2019-yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.  Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper qit’a birinchiligida yurtimiz sha’nini himoya qiladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

 Demak, tanishing, Osiyo Kubogi musobaqasiga yo‘l oladigan O‘zbekiston Milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi:

 

Darvozabonlar:

Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)

O‘tkir Yusupov (“Qo‘qon-1912”)

Sanjar Quvvatov (“Nasaf”)

 

Himoyachilar:

Yegor Krimes (“Paxtakor”)

Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)

Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya)

Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”)

Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)

Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”)

Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)

Davron Hoshimov (“Navbahor”)

 

Yarim himoyachilar:

Odil Hamrobekov (“Nasaf”)

Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)

Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)

Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya)

Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)

Aziz Turg‘unboev (“Navbahor”)

Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)

Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”)

Ikrom Aliboev (“Seul”, Janubiy Koreya)

Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)

 

Hujumchilar:

Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)

Sardor Rashidov (“Lokomotiv”)

 

Eslatib o‘tamiz, Milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogidagi dastlabki uchrashuvda Ummon termasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi bahs 9-yanvar kuni «Sharja» stadionida bo‘lib o‘tadi.

 ufa.uz surati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech