06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
5 Mart  2020 814

O‘zbekiston koronavirusdan xoli 19 mamlakatdan biri

O‘zbekiston koronavirusdan holi mamlakatlar qatoridan joy oldi.

Buyuk Britaniyaning taniqli «The Telegraph» gazetasi O‘zbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qo‘shdi.
«Telegraph Travel» yozuvchisi Sara Uilerning so‘zlariga ko‘ra, «kattaligi Ispaniyadek keladigan bu davlat, o‘zidan nur va ajib go‘zallikni taratib turadi. Zamonaviy O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘lining uch buyuk shahri (Buxoro, Xiva va Samarqand) va Tyan-Shan tog‘ massivi joylashgan».
O‘zbekistondan tashqari ushbu ro‘yxatga Argentina, Namibiya, Kuba, Turkiya, Mo‘g‘uliston, Madagaskar, Peru, Maldiv, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Chili, Polsha, Kolumbiya, Vengriya, Boliviya va Tanzaniya kabi davlatlar kiritilgan.
Nashrda ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan, shu bilan birga, u yerlarda ko‘rish mumkin bo‘lgan joylar talaygina, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech