26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Transport
8 Iyun  2019 498

O‘zbekiston-Ispaniya: Navbatdagi bitim imzolandi 

Ispaniya hukumatining rasmiy kredit instituti bilan yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi ikkita poezd, vagonlar (“ekonom” toifadagi), ularning butlovchi qismlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarga servis xizmat ko‘rsatish uchun uskunalarini sotib olish bo‘yicha kredit bitimi imzolandi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

 

Hujjatni imzolash marosimi 2019-yil 30-may kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. Xasilov X. N. boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligining savdo va investitsiyalar bo‘yicha bosh direktori Mariya Paz Ramos Resa va IKO rasmiy kredit instituti xalqaro biznes bo‘limi boshlig‘i Silviya Diaz ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil iyun oyida poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi vazirliklari va idoralari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Unda kelishuv asisida yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi ikkita poezd, vagonlar (“ekonom” toifadagi), ularning butlovchi qismlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarga servis xizmat ko‘rsatish uchun uskunalarini sotib olish uchun 57,5 million yevro miqdorida kredit berish to‘g‘risida kelishib olingan. O‘sha yilning noyabr oyida Ispaniya tomonidan 57,5 million evro miqdorida mablag‘ ajratishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech