03 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32 °C

Xalqaro hamkorlik
10 Mart  2020 881

O‘zbek-amerika loyihasiga rasman start berildi

Xalq ta'limi vazirligi hamda AQSh tashkilotining yangi English Speaking Nation: Secondary Teacher Training loyihasi doirasida mamlakatimiz umumta'lim maktablaridagi 33 mingdan ziyod ingliz tili fani o‘qituvchilarining bilim va mahoratini oshirishga imkon yaratiladi.

English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN:STT) loyihasi — xalq ta'limi tizimidagi maktab o‘qituvchilarining ingliz tili bo‘yicha malakasini oshiruvchi dastur hisoblanadi. Mazkur dastur Xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika Kengashlari va Xalq ta'limi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilib, yurtimizda ingliz tili fani o‘qituvchilarining kasbiy -professional rivojlanishiga qaratilgan.

Ushbu uch yillik dastur trenerlarni tayyorlash va umumta'lim maktablarning ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirishning kaskad modeli (qisqa muddat ichida ko‘p sonli mutaxassislarni tayyorlash), ta'lim beruvchilar orasida o‘zaro kasbdoshlik ko‘magini shakllantirish bo‘yicha  trenerlik dasturlarini o‘z ichiga oladi.

Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda TESOL Xalqaro Uyushmasi (TESOL kengaytmasi Teachers of English to Speakers of Other Languages - Boshqa tilda so‘zlovchilar uchun ingliz tili o‘qituvchilari xalqaro uyushmasi, ikkinchi xorijiy tili ingliz tili hisoblangan o‘qituvchilar uchun eng katta professional tashkilot hisoblanadi) va Jorj Meyson universiteti (GMU) tomonidan olib boriladigan intensiv o‘quv dasturida qatnashish uchun har biri 40-45 nafardan iborat bo‘lgan   ingliz tili o‘qituvchilarining ikki guruhi tanlab olinadi.

Har bir guruh TESOLning 140 soatlik, jumladan O‘zbekiston umumta'lim o‘rta maktablarida 20 soatlik majburiy amaliyot o‘tashni o‘z ichiga olgan asosiy sertifikat dasturida ishtirok etadi. Seminar-amaliyotlari mamlakatimiz umumta'lim maktablarida TESOL hamda Jorj Meyson universiteti tomonidan ikki hafta davomida olib boriladi.

        — 2019 yilda xalq ta'limi tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov. —؅ Mazkur Konsepsiya Xalq ta'limi vazirligi tomonidan xalqaro hamkorlarga namoyish etildi. AQShlik hamkorlarimiz ushbu dasturni qo‘llab-quvvatladi. Boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va yurtimiz raqobatbardoshligini oshirish uchun maktab bitiruvchilari chet tilini puxta bilishi zarur. Mazkur dastur bu yo‘nalishdagi ilk qadamlardan biri. Bitiruvchilarning chet tilini bilishi internet orqali qo‘shimcha daromad topish imkonini ham beradi. Bu esa “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Dastur doirasida eng yaxshi 300 nafar RPMlar ESNning mahoratli trenerlari tomonidan o‘qitiladi va TESOL asosiy sertifikatini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Asosiy o‘qituvchi-trenerlar jamoa trenerlarining ish rejalari va o‘quv materiallarini ishlab chiqadi. Ular Xalq ta'limi vazirligiga o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun tavsiya qilinadi. CTlar va RPMlar 2022 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy TESOL konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Risolat MADIYEVA

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech