03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Salomatlik
21 May  2020 379

Himoya vositalari tarqatildi

Oʻzbekiston Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi yana bir xayrli ishga qoʻl urdi.

10 dan ortiq tashkilotlar shaxsiy himoya vositalaridan iborat 200 dan 400 tagacha toʻplamlarni Oʻzbekiston Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasidan qabul qilib oldi.Har bir toʻplam himoya kombinezoni, koʻzoynaklari, niqoblar, qoʻlqoplar, baxilalardan tarkib topgan.

Shifokorlar uchun zarur boʻlgan bunday himoya vositalari bilan Toshkent shahridagi 3 va 6-tugʻruq markazlari, Ibn Sino nomidagi 1-klinik shifoxona, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazi, 5-sonli bolalar klinik shifoxonasi, 1-sonli shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi, 5 va 7-sonli shahar klinik shifoxonalari, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va boshqa tashkilotlar taʼminlandi.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi murojaatnomasida taʼkidlanganidek, shifokorlar tomonidan ishlatiladigan shaxsiy himoya vositalari “COVID-19 holati taxmin qilinayotgan yoki tashxisi qoʻyilgan homiladorlar hamda yangi tugʻilgan chaqaloqlar xavfsizligi uchun” juda muhimdir. Ushbu SHHV kuzatish ishlarini oʻz vaqtida va tegishli darajada olib borish uchun zarurdir”.

Tibbiyot muassasalaridan tashqari Jizzax viloyati IIB mutaxassislariga ham himoya vositalari toʻplamlari topshirildi. Aksiya davom etadi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech