20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,2 °C

Ijtimoiy hayot
29 Oktyabr  2019 2319

Ishsizlardan foydalanib pul «ishlashdi»

Prezidentimizning tegishli farmoniga ko‘ra vaqtinchalik band bo‘lmagan aholini yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasi ob'ektlarini qurish, ta'mirlash va rekonstruktsiya qilish, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda ishtirok etishini moliyalashtirib borish maqsadida Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etilgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida jamoat ishlariga 284 ming nafar fuqarolar jalb etilgan bo‘lib, ularga Jamg‘arma hisobidan 189,4 mlrd. so‘m ish haqi to‘lab berilgan.

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4,7 mlrd. so‘m, shundan joriy yilning 3-choragida 1,3 mlrd. so‘m Jamg‘arma mablag‘larini asossiz va noqonuniy sarflanish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Eng achinarlisi, Jamg‘arma mablag‘larini maqsadli sarflanishiga mas'ul bo‘lgan tashkilot hodimlari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarishda suiiste'molchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari aniqlangan.

Misol uchun, Andijon shahar Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi bosh hisobchisi “Elga xizmat ko‘makdosh” MChJ rahbari bilan kelishgan holda jamoat ishlarini bajarganlik to‘g‘risida hech qanday hujjatlarsiz 362,8 mln. so‘m mablag‘ni MChJ hisob raqamiga o‘tkazib bergan.

Baliqchi tumani Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi bosh inspektori tumandagi 8 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan kelishgan holda 44 nafar fuqarolar bilan tuzilgan soxta mehnat shartnomalari va jamoat ishlarini bajarilganligi to‘g‘risida hisobot ma'lumotlari asosida 52,4 mln. so‘m o‘zlashtirilgan.

Xuddi shuningdek, Bulung‘ur tumanida 27,4 mln., Buxoro tumanida 12 mln., Angor tumanida 65 mln., Sherobod tumanida 18,4 mln., Bag‘dod tumanida 103 mln. so‘m jamg‘arma mablag‘lari o‘zlashtirilganligi ayon bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha nazorat tadbirlari hujjatlari tegishli choralar ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech