07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Mamlakatimizda
13 Fevral  2020 1939

“Samarqand-Toshkent-Sankt-Peterburg” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Mamlakatimizning turli hududlaridan Rossiya Federatsiyasiga borayotgan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida "Samarqand-Toshkent-Sankt-Peterburg" yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalishda ilk qatnov joriy yilning 25-fevral kunidan boshlanadi. Yo‘lovchilar Sankt-Peterburg markaziy avtovokzaliga eltib qo‘yiladi.

Shuningdek, joriy yilning 15-fevral kunidan e’tiboran Toshkent-Omsk yo‘nalishida ham muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasiga Toshkent-Nijniy Novgorod, Toshkent-Qozon, Toshkent-Moskva yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari ham amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.

Bugungi kunda Transport vazirligi Rossiya Federatsiyasining boshqa shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech