28 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Ta'lim
20 Iyun  2020 1640

“Abituriyentni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish” xizmati

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish xizmati joriy qilindi.

2020-yil 20-iyundan boshlab, 2020/2021 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi.

Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali abituriyentlar oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga onlayn shaklda hujjat topshirishlari uchun “Abituriyentni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish” xizmati joriy qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech