25 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,5 °C

Madaniyat
10 Mart  2020 2238

Zamonaviy san’at markazi tashkil etildi

2020-yil 6-martda Hukumatning 131-sonli «Toshkent shahrida Zamonaviy san’at markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Zamonaviy san’at markazi tashkil etildi.

Zamonaviy san’at sohasida ijodkorlar bilan ommaviy muloqotni yo‘lga qo‘yish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, Markaz tasviriy va amaliy san'atning barcha turlari vakillarini professional ravishda birlashtirishga yo‘naltirilgan zamonaviy san’atni innovatsion va texnologik rivojlantirishda uzoq muddatli tashabbuslarning fanlararo o‘zaro platformasi yaratilishini ta'minlaydi. Mazkur qaror bilan mazkur Markazning tuzilmasi hamda ustavi tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech