23 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,1 °C

Sport
4 Yanvar  2019 2523

Yil sharafiga 2019 metrga yugurish

Poytaxtning Markaziy ekobog‘ida 2019 metr va boshqa masofalarga yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Sportning ushbu turi ixlosmandlari Yangi yilni shu tariqa kutib olishga qaror qildilar. Z.M. Bobur nomli markaziy ekobog‘da «Tashkent Runners» hamjamiyati va Qozog‘istonning «Ekstremalnaya atletika» jamoasi VI Almati marafoni nomi ostida musobaqalashishdi.

 Toshkentda ishtirokchilar 2019 metr, 7 va 21,1 kilometrlik masofagalarga yugurishdi. Barcha g‘oliblarga «Ekstremal atletika»ning medallari topshirildi.

Yugurish musobaqalari Yangi yil musiqasi sadolari ostida o‘tkazildi. Bayram munosabati bilan ranner (yuguruvchi)lar masofani Ayozbobo, Qorqiz, Qorbobo, Grinch va boshqa qahramonlar liboslarida bosib o‘tdilar. Tashkilotchilar va ishtirokchilar uchun issiq choy, qahva va shirinliklar tashkil etildi.

Hakim Azizov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech