06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Salomatlik
16 May  2020 1945

Xorazm gʻalabaga qoldi

Samarqandda 10 nafar, Toshkentda 27 nafar Xorazmda 18 nafar bemor tuzalib, sogʻayganlar soni 2 213 nafarga yetdi

Samarqandda tuzalganlarning 5 nafari erkak, 5 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 33 yoshda, yoshi kichigi esa 2019-yilda tugʻilgan.

Samarqand da shu paytga qadar 154 nafar bemor butunlay sogʻaygan.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, 24 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida chalingan bemor butunlay sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sogʻayganlarning 1 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 31 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 11 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafari erkak, 3 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 60 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 709 nafar bemor sogʻaygan.

Xorazmda tuzalganlarning 11 nafari charter reyslar orqali yurtimizga olib kelingan, 5 nafar fuqaro kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng yoshi kattasi 54, yoshi kichigi esa 19 yoshda.

Xorazmda shu paytga qadar 228 nafar bemor sogʻaygan, 5 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun 55 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2 213 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech