15 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,1 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
30 May  2020 440

Yurtimizdagi islohotga chet el OAV baho beradi

Anadolu agentligi ishbilarmonlarning Oʻzbekiston rahbariyatining tutgan yoʻlini olqishlayotgani haqida maqolalar chop etyapti.

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositasi — “Anadolu” axborot agentligi ushbu mamlakat jamoatchiligini Oʻzbekistondagi soʻnggi voqealar haqida muntazam ravishda xabardor qilib bormoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, agentlik veb-saytida koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston hukumatining iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash choralariga bagʻishlangan “Ishbilarmon doiralar vakillari Toshkentning eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qadamlarini olqishlamoqda” sarlavhasi ostida maqola joylashtirildi.

Maqolada Oʻzbekiston hukumati mart oyidan boshlab mahalliy kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator qarorlar qabul qildi, shu jumladan eksport qiluvchilarning transport xarajatlarining bir qismi qoplanayotganiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning eksport qiluvchi kompaniyalari respublika hukumatining yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasidan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash choralarini olqishlamoqda. Ilgari, ushbu qoida faqat temir yoʻl transporti xarajatlariga nisbatan qoʻllanilgan boʻlsa, 1-apreldan boshlab esa yuklarni avtomobil yoki havo transportida eksport qiluvchilarga ham tatbiq etildi, deyiladi maqolada.

“Hukumatning qarori nafaqat eksport hajmining pasayishini oldini olishga, balki mamlakatga moliyaviy resurslar oqimini saqlab qolishga yordam beradi. Subsidiyalar mamlakat eksportining salmoqli qismini tashkil etadigan mevalar, sabzavotlar, toʻqimachilik va trikotaj buyumlarini yetkazib berishga yoʻnaltirildi”, deb yozadi “Anadolu” agentligi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech