03 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Salomatlik
15 Iyul  2020 401

Yurtimizda bugun 300 nafarga yaqin bemor sogʻaydi

Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlik koʻrsatkichi boʻyicha yangi rekord qoʻlga kiritildi.

 

Unga koʻra, poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 29 nafar, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 38 nafar, Nuroniylar sihatgohida 41 nafar,Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, 3-son tugʻruq kompleksida 4 nafar, Andijon viloyatida 111 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar va avval xabar berganimizdek, Navoiy viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 15 nafar,Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, Fargʻona viloyatida esa 4 nafar, jami 297 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻaydi.

Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun 297 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forigʻ boʻldi va sogʻayish koʻrsatkichi boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldingi rekord koʻrsatkich joriy yilning 8-iyul kuni qayd etilgan boʻlib, oʻshanda 249 nafar bemor tuzalgan edi.

Shunday qilib, ayni vaqtda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 8 327 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech