20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Turizm
15 Iyul  2020 802

Yurtimiz jahon sayyohlik olamida peshqadam

Oʻzbekistonning turizm sohasidagi turli xalqaro miqyosdagi reytinglardagi pozitsiyasi mustahkamlanib boryapti.

Oʻtgan yili Oʻzbekiston 10 ga yaqin nufuzli nashrlar (“The New York Times” AQSH, “The Guardian” Buyuk Britaniya), reyting kompaniyalari va portallar (“CrescentRating”, “Wegoplace”) tomonidan eng sayohatbop turistik mamlakatlardan biri sifatida tan olingandi.

Joriy yilning boshida BMT Butunjahon turistik tashkiloti Oʻzbekistonni turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida eʼtirof etdi. Respublikamiz reytingda Janubiy Koreya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston kabi mamlakatlarni ortda qoldirib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Taʼkidlash joizki, soha statistikasini takomillashtirish 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasiga birinchi marta Butunjahon turizm tashkilotining “Compendium of Tourism Statistics 2013-2017” statistik toʻplamiga kirish imkonini berdi.

Maʼlumot uchun: “Compendium of Tourism Statistics” 200 dan ortiq mamlakatning turizm sohasidagi asosiy statistik koʻrsatkichlarining har yili yangilanib boruvchi bazasi hisoblanib, Butunjahon turizm va sayohatlar kengashi (WTTC), Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar uchun dunyo mamlakatlari turizm reytingini tuzishda manba boʻlib xizmat qiladi.

Qayd etish lozimki, turizm sohasidagi eng nufuzli xalqaro reytinglardan biri hisoblangan WTTC reytingida Oʻzbekiston 183 oʻrinni egallagan, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech