05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Voqea-hodisalar
16 May  2020 356

Yurtdoshimiz halok boʻlmagan

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Janubiy Koreya zavodlarining birida yuz bergan portlashdagi anglashilmovchilikka aniqlik kiritdi.

Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi 2020-yil 15-mayda Kyongnam provinsiyasidagi metallni qayta ishlash zavodlaridan birida yuz bergan portlash natijasida Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni rad qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Elchixona konsullik boʻlimi xodimi voqea joyiga tashrif buyurdi, vaziyatni oʻrgandi va Haman tumani (Kyongnam provinsiyasi) huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan aloqa oʻrnatdi. Mazkur tuman rasmiy organlari vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligini tasdiqladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech