17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Mamlakatimizda
14 Iyun  2019 437

Yuridik universitetning filialiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (490-son, 12.06.2019 y.)  bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Nizomga muvofiq, Filialda bakalavriatning 3 yillik dasturi bo‘yicha yuridik kadrlar tayyorlanadi va oliy noyuridik ma'lumotga ega kadrlar maxsus 6 oylik dastur bo‘yicha qayta tayyorlanadi.

Bakalavriatga 18 yoshdan kichik va 25 yoshdan katta bo‘lmagan, sog‘lig‘i holatiga ko‘ra xodim yoki harbiy xizmatchining majburiyatlarini bajara oladigan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo‘lgan fuqarolar test sinovi asosida qabul qilinadi.

Bitiruvchilar Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida 5 yil ishlab berishi lozim.

Filialga qabul 15 iyundan 15 iyulgacha amalga oshiriladi.

Qayta tayyorlash kursiga kirish uchun talabgorlar ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qo‘mondoni nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi.

Qayta tayyorlash kursiga kirish uchun suhbat o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech