07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Energetika
12 Aprel  2020 821

Yunusoboddagi sinov tizimi bekor qilindi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-yanvardan poytaxtning Yunusobod tumanida elektr energiyasi iste'molining bazaviy me'yori haq to‘lashga doir yangi sinov tizimini joriy etilgan edi.

Ushbu yangi sinov tizimini joriy etishdan maqsad yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish nazarda tutilgan edi.

Shu yilning mart oyida Energetika vazirligi karantin bilan bog‘liq bo‘lgan, va bunda aholi asosan vaqtini uyida o‘tkazishini hisobga olgan holda barcha abonentlarga hozirgi paytda elektr energiyasi uchun haq to‘lashda teng sharoit yaratish maыsadida Moliya vazirligiga ushbu tajribani bekor qilish haqidagi murojaat yo‘llagan edi.

Moliya vazirligidan 2020-yil 25-martda olingan javobga muvofiq, Toshkent shahar Yunusobod tumanida elektr energiyasi iste’molining bazaviy me’yorini yuritish bekor qilindi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech