19 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,6 °C

Tashvishli xabar
18 Dekabr  2019 5143

Yunusobodda kuchli yomg‘ir natijasida metro qurilish maydonida avariya holati sodir bo‘ldi

Bugun kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Yunusobod tumanida metro qurilish maydonchasining ochiq uchastkasida avariya holati (qisman qulashi) sodir bo‘ldi, deb xabar qiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Ayni paytda O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Transport vaziri A. J. Ramatovning shaxsiy nazorati ostida ichki tekshiruv olib borilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi X. Hasilov voqyea joyida. Hodisa tafsilotlari va jabrlanganlarning borligi haqidagi ma'lumotlar o‘rganilib, boshqa masalalar hal etilmoqda.

Tekshiruv natijalari yaqin vaqtlarda jamoatchilikka taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech